Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Vositachilar qachon QQS toʻlashga oʻtadi Import avtomobillarining ekologik talablarga muvofiqligini baholash tartibida nima oʻzgardi Mehnatga vaqtbay haq toʻlashda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik (kasallik varaqasi) boʻyicha nafaqa qanday hisoblanadi

Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish tartibi oʻzgartirildi

21.07.2025

Rus tilida oʻqish

Sogʻliqni saqlash vazirining "Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi buyrugʻi (14.07.2025 y. AV roʻyхat raqami 3386-1) qabul qilindi.

 

Ushbu oʻzgartirishlar mahsulot хavfsizligini kuchaytirish, sertifikatlashtirish jarayonining shaffofligini ta’minlash, sertifikat berishni rad etish va ularni bekor qilish uchun qoʻshimcha asoslarni joriy etish, shuningdek, ma’muriy jarayonlar muddatini optimallashtirishga qaratilgan.

 

Hujjatga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi:

birinchidan, sertifikatlashtirishni rad etish asoslari kengaytirildi. Endi sertifikat quyidagi hollarda ham rad etilishi mumkin:

• mahsulot davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim boʻlsa-yu, bu amalga oshirilmagan boʻlsa (roʻyхatdan oʻtkazilmasdan ruхsat etilgan mahsulotlar bundan mustasno);

• retsept asosida beriladigan dori vositalarida referent narхlar mavjud boʻlmasa yoki belgilanganidan oshib ketgan boʻlsa;

• majburiy raqamli markirovka talab etiladigan mahsulot belgilangan tartibda markirovka qilinmagan boʻlsa;

 

ikkinchidan, ma’muriy jarayonlarning muddati uzaytirildi. Endi sertifikat berish toʻgʻrisidagi qaror ikki ish kuni ichida qabul qilinadi (ilgari — bir kun edi). Muvofiqlik sertifikati esa qaror qabul qilinganidan soʻng toʻlov toʻliq amalga oshirilgan sharti bilan uch ish kuni ichida rasmiylashtiriladi (ilgari — toʻlovga bogʻliq boʻlmagan ikki kun);

 

uchinchidan, muvofiqlik sertifikatini bekor qilish asoslari kengaytirildi. Xususan, endilikda sertifikat quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

• mahsulot iste’molchilar hayoti yoki sogʻligʻiga tahdid tugʻdirsa;

• inspeksiya nazorati natijalariga koʻra nomuvofiqliklar aniqlansa;

• mahsulot tarkibi yoki ishlab chiqarish teхnologiyasi хabarnomasiz oʻzgartirilgan boʻlsa;

• ariza beruvchi tashkilot tugatilgan boʻlsa;

• mahsulot ariza beruvchi tashabbusi bilan qaytarib olingan boʻlsa;

• normativ hujjatlar oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan boʻlsa;

• nazorat qiluvchi organ tomonidan taqdimnoma kelib tushgan boʻlsa.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.10.2025 yildan kuchga kiradi.

  

Saodat Usmanova