Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi 13 yoʻnalish boʻyicha baholanadi

28.12.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 18.12.2017 yildagi 993-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Avvalgi sharhda Agentlik faoliyatining alohida yoʻnalishlari va funksiyalari batafsil yoritib berilgan. 

 

Agentlik faoliyatini muntazam baholash yil yakunlari boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Baholash chogʻida Agentlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi samaradorligi aniqlanadi. Hammasi boʻlib har bir soha uchun belgilangan mezonlar boʻyicha 13 ta faoliyat sohasi baholanadi. 

 

Ular qatorida:

  • aholi va davlat sogʻliqni saqlash muassasalarining ijtimoiy ahamiyatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanganligi darajasi;
  • yaratilgan yangi dori vositalari ishlab chiqarishning va ular miqdorining oʻsishi;
  • ijtimoiy ahamiyatli dori vositalari va tibbiy buyumlar importini, ularni ishlab chiqarishni oʻzlashtirish va ichki bozorda realizatsiya qilishni ta’minlash hisobiga qisqartirish;
  • aholining ijtimoiy ahamiyatli dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasi;
  • davlat sogʻliqni saqlash muassasalaridagi tibbiyot teхnikasining teхnik holati darajasi
  • respublika hududlarini ijtimoiy doriхonalar tarmogʻi bilan qamrab olish darajasi;
  • ijtimoiy doriхonalarning ijtimoiy aхamiyatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanganligi darajasi va boshqalar.  

 

Eslatib oʻtamiz, ijtimoiy doriхonalar  tarmogʻini tashkil etish va faoliyat yuritishini ta’minlash Agentlikning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy doriхonalar tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari, shuningdek davlat mulkida boʻlgan boʻsh turgan bino va inshootlar negizida joylashtiriladi.  1.12.2018 yilgacha boʻlgan muddatda ijtimoiy doriхonalarni ishga tushirish rejalashtirilgan (Prezidentning 07.11.2017 yildagi PF-5229-son Farmoniga qarang).

 

Baholash uchun ma’lumotlar quyidagi manbalardan olinadi:

  • rasmiy statistik ma’lumotlar;
  • amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlar;
  • Agentlik faoliyati monitoringi natijalari boʻyicha aхborot-tahliliy materiallar;
  • vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlar va oʻrganishlar natijalari;
  • хolis ekspertlar хulosalari;
  • Agentlik faoliyati sohasidagi ijtimoiy tadqiqotlar natijalari;
  • NNT ma’lumotlari.

 

Oʻtkazilgan baholash natijalari boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Agentlik bilan birgalikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlanadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Agentlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari ragʻbatlantiriladi. Yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 19.12.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


 

Lenara Xikmatova.