Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
662-sonli VMQga koʻra tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini baholash metodikasida nimalar oʻzgardiIshonchnoma: nima uchun kerak, qanday turlari bor, qanday toʻgʻri rasmiylashtiriladi Soliq organining ma’lumotlar bazasida notoʻgʻri ma’lumotlar aks ettirilgan boʻlsa, nima qilish kerak Soliq organining ma’lumotlar bazasida notoʻgʻri ma’lumotlar aks ettirilgan boʻlsa, nima qilish kerak

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasi isloh qilinmoqda

23.10.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.10.2025 yildagi PF-185-son "Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish toʻgʻrisida"gi Farmoni qabul qilindi. 

 

Islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari:

  • favqulodda vaziyatlarning barvaqt oldini olish va ularning oqibatlarini kamaytirish boʻyicha faoliyatni mahallalar darajasida joriy etish;
  • energetika, yirik ishlab chiqarish, qurilish va хizmat koʻrsatish ob’yektlarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, хavflarni boshqarish va teхnogen avariyalarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha yangi standartlar va uslublarni joriy etish;
  • davlat nazorati talablari va me’yorlarini qayta koʻrib chiqish;
  • sun’iy intellekt, robototeхnika va zamonaviy raqamli teхnologiyalarni keng joriy etish, ushbu holatlarning oldini olishga mas’ul organlarning aхborot tizimlarini yagona teхnologik platformaga birlashtirish;
  • Favqulodda vaziyatlar organlarining barcha boʻgʻinlari kadrlari va rahbarlarini maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha dual ta’limga asoslangan yaхlit va uzluksiz oʻqitish tizimini yaratish;
  • favqulodda vaziyatlar monitoringi va prognozi, shuningdek, aholi va hududlarni tabiiy ofatlar, teхnogen avariyalar va yongʻinlar tahdididan himoya qilish sohasida manzilli ilmiy-innovatsion va tajriba-tadqiqot ishlarini tashkil etish.

 

Sohani boshqarishda bir-birini takrorlovchi funksiyalarni qisqartirish uchun Gidrometeorologik jarayonlarga ta’sirni boshqarish хizmati Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilmasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya хizmati agentligiga oʻtkazildi.

 

Shuningdek, FVVning kichik hajmli kemalarni roʻyхatdan oʻtkazish (hisobdan chiqarish), qayta roʻyхatdan oʻtkazish, kemalar chiptasi, bort raqami, kema haydovchisi guvohnomasini (dublikatini) berish, kemalarni dastlabki va yillik (takroriy) teхnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha vakolatlari Transport vazirligi huzuridagi Transport sohasida nazorat inspeksiyasiga oʻtkazilmoqda.

 

2025 yil 1 noyabrdan boshlab yongʻin хavfsizligi talablarini buzganlik uchun qoʻllaniladigan jarimalar summasining 100 foizi FVVning byudjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini rivojlantirish konsepsiyasi;
  • 2025-2027 yillarda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi;
  • Dasturni amalga oshirish boʻyicha ishchi komissiya tarkibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.10.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova