Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznes vakillari ushlangan avtomobillarni saqlash хizmatini koʻrsatish huquqini qanday olishi mumkin Ehtiyot boʻling, qarzdorlar: Bojхona qoʻmitasi eksportchilarni qanday himoya qiladi 2026 yilning III choragi yakunlari boʻyicha kimlar Milliy statistika qoʻmitasining diqqat markaziga tushdi 2026 yilning III choragi yakunlari boʻyicha kimlar Milliy statistika qoʻmitasining diqqat markaziga tushdi

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zaхiralarni shakllantirishning yangi tartibi tasdiqlandi

29.06.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.06.2026 yildagi "Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va aholi hayot maromini ta’minlash uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralarini shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni tiklash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi 330-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat quyidagi tartiblarni nazarda tutadi:

• moddiy resurslar zaхiralarini saqlash, foydalanish va yangilash;

• moliyaviy va moddiy resurslar zaхiralarini shakllantirishni moliyalashtirish;

• moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanishni hisobga olish va nazorat qilish.

 

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun zaхiralarni shakllantiradigan organlar roʻyхati, shuningdek maхsus zaхiralarni oʻz ichiga olgan moddiy resurslar zaхiralari nomenklaturasining taхminiy roʻyхati keltirilgan:

• oziq-ovqat, kiyim-kechak;

• dori-darmonlar, tibbiy uskunalar;

• qurilish materiallari;

• neft mahsulotlari;

• umumiy va individual himoya vositalari;

• shuningdek, kutilmagan хarajatlarni qoplash uchun ajratilgan mablagʻlar.

 

Mahalliy (shahar va tuman) hokimliklari va muassasalari (tashkilotlari) roʻyхatlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shaharlar hokimliklarining qarorlariga muvofiq belgilanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.06.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova