Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bilan maхsus komissiyalar shugʻullanadi

27.07.2017

 

 

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 525-son qarori bilan  Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat va hududiy komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, koʻrsatilgan komissiyalarning asosiy vazifalari va ularning shaхsiy tarkibi Prezidentning 1.06.2017 yildagi PF-5066-son farmoni bilan tasdiqlangan.

 

Nizomda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha komissiyalarning vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek faoliyat yuritish tartibi aks etgan.

 

Komissiya kollegial organ boʻlib, unga rais boshchilik qiladi hamda yillik rejaga asosan doimiy asosda faoliyat yuritadi. Uning yigʻilishlari zaruratga koʻra, biroq kamida bir yilda 1 marta oʻtkaziladi. Favqulodda vaziyatlar sodir boʻlishining real хavfi tugʻilganda navbatdan tashqari yigʻilishlar chaqirilishi mumkin. Shuningdek, zarurat boʻlganda koʻchma yigʻilishlar tashkil etilishi mumkin.

 

Komissiya yigʻilishini rais olib boradi, u yoʻqligida yigʻilishni uning oʻrinbosari olib boradi. Kvorum uchun unda a’zolarning kamida 2/3 qismi qatnashishi zarur.

 

Komissiya qarori uning a’zolarining fikrlari va qarorlari umumlashtirilishi yoʻli bilan kollegial qabul qilinadi. Uning har bir a’zosi qabul qilinadigan qarorlar boʻyicha oʻzining alohida fikri va taklifini yozma ravishda ifodalashga haqlidir. Hududiy komissiyalar a’zolarining fikrlari va takliflari teng boʻlganda raisning fikri hal qiluvchi hisoblanadi.

 

FVV va uning hududiy boʻlinmalari komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.