Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar (PF-70-son) boʻyicha davlat mulkini kim sotib olishi yoki ijaraga olishi mumkinQQS stavkasi oʻzgarishi sababli shartnomalarni nima qilish kerak 2025 yil aprel oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Fevral oyida byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi, MHEKM va BHM miqdori oshiriladi

02.01.2021

Rus tilida oʻqish

Qaror «2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

 

«2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Prezidentning 2020 yil 30 dekabrdagi qarori bilan 2021 yil 1 fevraldan boshlab:

  • byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi;
  • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 soʻm;
  • bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 soʻm etib belgilanadi.