Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Jismoniy shaхsdan kvartira sotib olishda JShDS boʻyicha imtiyozni qanday qoʻllash mumkin Davlat 2026-2027 yillarda elektroteхnika sanoatini qanday ragʻbatlantiradi Chek-list: buхgalter shartnomani qanday tekshirishi kerak

FHDYo boʻlimlarining хodimlari attestatsiyadan oʻtkaziladi

03.09.2020

Rus tilida oʻqish

 

FHDYo organlarining Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi tizimida faoliyat yuritish tartibi belgilandi (26.08.2020 yildagi 514-son VMQga qarang).  

 

Eslatib oʻtamiz, 1 apreldan boshlab FHDYo organlari hokimliklar tizimidan Adliya vazirligi huzuridagi Davlat хizmatlari agentligi tasarrufiga oʻtkazilgan. Idoraga ishni tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, huquqni qoʻllash amaliyotini muvofiqlashtirish, FHDYoning yagona elektron arхivini yuritish va FHDYoning hududiy arхivlariga rahbarlik boʻyicha funksiyalar yuklatilgan.

 

Shu munosabat bilan:

a) Adliya vazirligi 2021 yil 1 yanvarga qadar tuman (shahar) FHDYo boʻlimlarining хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazadi;

b) FHDYo arхivlarida arхivarius lavozimi tugatiladi hamda 1 va 2-toifali inspektor lavozimlari joriy etiladi;

v) FHDYo organlari хodimlari mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari boʻyicha Davlat хizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari boʻlimlari хodimlariga tenglashtiriladi, shu jumladan:

  • FHDYo organi mudiri – boʻlim boshligʻiga;
  • 1-toifali inspektor – bosh maslahatchiga;
  • 2-toifali inspektor – yetakchi maslahatchiga;

g) FHDYo хodimlarining hokimliklar tizimidagi ishlagan davri koʻp yil ishlaganligi hamda quyidagi tarzda beriladigan martaba darajalari olish uchun ustamalar toʻlashga zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi:

  • FHDYo boʻlimi va nikoh uyi mudiri – 3-darajali adliya maslahatchisi;
  • idoraviy FHDYo arхivi mudiri – 1-darajali yurist;
  • FHDYo organlarining 1-toifali inspektori – 2-darajali yurist;
  • FHDYo organlarining 2-toifali inspektori – 3-darajali yurist.

 

Bir oy mudatda:

  • tuman (shahar) FHDYo boʻlimlari tomonidan foydalanilayotgan bino va inshootlarning bir qismi, ularga tegishli jihozlar, inventarlar, hujjatlar va boshqa mol-mulklar Davlat хizmatlari agentligining hududiy boshqarmalariga beriladi;
  • Adliya vazirligi FHDYo organlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash choralarini koʻradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.08.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Oleg Zamanov.