Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

FHDYo organlari gerbli guvohnomalarni qanday toʻldiradilar

18.12.2018

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining buyrugʻi (13.12.2018 yilda 3098-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan 2019 yil 1 yanvardan e’tiboran toʻldirishning yangi qoidalari kuchga kiradi. 

  

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 26.09.2018 yildagi 768-son qaroriga muvofiq, 1.01.2019 yildan boshlab tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va oʻlim haqidagi gerbli guvohnomalar blankalarini qoʻlda toʻldirish boʻyicha talablar bekor qilinadi va ularni AKTdan foydalangan holda faqat bosma harflar bilan toʻldirish tartibi joriy etiladi (sharhga qarang).

 

Bunda gerbli guvohnomalarni ular toʻliq ishlatib boʻlingungacha amaldagi blanklarda rasmiylashtirish va berishga ruхsat etilgan.

 

Hujjat bilan tugʻilganlik, oʻlim (shu jumladan oʻlim sodir boʻlgan kun haqida aniq ma’lumot boʻlmaganda), nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomalarni toʻldirish, shuningdek takroriy guvohnoma (dublikat) berish tartibi belgilangan.

 

Guvohnomalar teхnik vositalar (kompyuter) yordamida toʻldirilganda 14 oʻlchamli «Times New Roman» shriftidan foydalanilishi kerakligi ham belgilangan.

 

Guvohlik berilayotgan hodisalarning sanalari raqamlar bilan yoziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Lenara Xikmatova.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_