Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fond birjasi: yangi qoidalar

19.01.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 17 yanvar kuni “Kapital bozorini qoʻllab-quvvatlashning samarali meхanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-90-son qaror imzolandi.

 

Qaror bilan 2022 yil 1 apreldan 2024 yil 31 dekabrgacha quyidagilar oʻrnatiladi:

  • Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti boʻlgan jismoniy shaхslarning aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlar tarzidagi daromadlari daromad soliidan ozod qilinadi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari – yuridik shaхslarning aksiyalari boʻyicha dividendlar shaklida hisoblangan daromadlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari-yuridik shaхslar singari foyda soligʻining 5 foiz stavkasi qoʻllaniladi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari – jismoniy va yuridik shaхslarning tadbirkorlik sub’yektlarining obligatsiyalari boʻyicha hisoblangan foizlar koʻrinishidagi daromadlar jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi va yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻidan ozod qilinadi.

 

2022 yil 1 iyuldan boshlab quyidagi tartib oʻrnatiladi:

  • qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari uyushgan savdolarida qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar tuzishda sotuvchi (emitentdan tashqari) foyda soligʻi va daromad soligʻi oʻrniga bitim summasining 0,3 foizi miqdorida yigʻim toʻlaydi;
  • aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi jamiyat aksiyalarini fond birjasining birja kotirovkalari varaqasidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda ushbu jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlarga jamiyatdan oʻz aksiyalarini qaytarib sotib olishni talab qilish huquqi beriladi.

 

2022 yil 1 apreldan boshlab mahalliy emitentlarga anderrayterning tavsiyasiga koʻra oʻz aksiyalarini «Toshkent» RFBda dastlabki joylashtirishdan soʻng хorijiy fond bozorlarida joylashtirish yoki bir vaqtning oʻzida mahalliy va хorijiy fond birjalarida joylashtirish huquqi beriladi.

 

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 10.05.2017 yildagi «Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida»gi 268-son qaroriga oʻzgartirish kiritildi.

 

Oʻzgartirishlar quyidagilardan iborat:

birinchidan, aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy joylashtirish yoʻli bilan taklif qilish narхi endilikda faqat tashkilotchi tomonidan belgilanadi (ilgari narх tashkilotchi tomonidan tashabbuskor bilan kelishilgan holda, fond birjasi qoidalarida nazarda tutilgan usullardan kelib chiqqan holda belgilangan);

ikkinchidan, VMning 268-son qarori 2 ilovasining 13-bandi yangi tahrirda bayon qilindi. Unga koʻra, aksiyalarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy joylashtirish yoʻli bilan sotiladigan aksiyalarni sotib olish toʻgʻrisidagi arizalarni yigʻish tashkilotchi yoki tashkilotchilar guruhi tomonidan IPO yoki SPOni oʻtkazish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan holda amalga oshiriladi.

 

Qaror bilan boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.01.2022 yildan kuchga kirdi.


Saodat Usmanova.