Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fuqarolar byudjet jarayonida faol ishtirok etadilar

15.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning «Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Hujjat Prezidentning 3.02.2021 yildagi «2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek Davlat byudjetining shakllanishi jarayoniga aholini faol jalb etish maqsadida qabul qilingan.

 

Hujjatga muvofiq tegishli byudjetlarning tasdiqlangan umumiy хarajatlarining 5%i jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

 

2021 yil 1 iyuldan boshlab jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar byudjetlari qoʻshimcha mablagʻlarining eng kam miqdori 10%dan 30%ga oshiriladi.

 

Qaror bilan tanlab olingan tuman (shahar)lar byudjetlariga 92,7 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi.

 

Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar tuman (shahar) hokimliklarida byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari shaklida ochiladigan «Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi» shaхsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi. Ushbu mablagʻlarning boshqa maqsadlarga ishlatilishi qat’iyan taqiqlanadi.

 

Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda tuman (shahar)lar byudjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ishlab chiqiladi. Ushbu nizomga asosida:

  • har bir tuman va shaharning alohida хususiyatidan kelib chiqib, tuman (shahar)lar byudjetlari mablagʻlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasi ishlab chiqiladi;
  • хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek NNTlarning mas’ul хodimlaridan iborat Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish boʻyicha ishchi komissiya tarkibi tasdiqlanadi.

 

Tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tegishli mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar har chorak yakunlari boʻyicha keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga va «Ochiq byudjet» portaliga joylashtiriladi.

 

Tuman va shaharlar hokimlariga tadbirlarni moliyalashtirishga byudjet mablagʻlarining oʻz vaqtida ajratilishi va ularning amalga oshirilishi jarayonini yoritib borish yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklanadi.

 

Moliya vazirligiga quyidagi vazifalar yuklatildi:

  • jamoatchilik fikri asosida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni shakllantirish tartibini takomillashtirish;
  • jamoatchilik fikri asosida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning shakllantirilishi va sarflanishi yuzasidan oʻquv-seminar va treninglar tashkil etish, mazkur jarayonning mohiyatini aks ettiruvchi oʻquv materiallarini tayyorlash va boshqalar.

 

Nargiza Vohidova.