Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fuqarolar yigʻinining yangi kompleksi - har bir mahallada

21.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Ular namunaviy loyihalarga muvofiq DXSh shartlarida tanlov savdolarini oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida jalb qilingan investorlar ishtirokida quriladi, ularga zarur yer uchastkalari ajratiladi (18.02.2020 yildagi PQ-4602-son qarorga qarang).

 

Tartib 2020 yilning 1 iyuliga qadar “Mahalla markazi” majmualari qurilishi (rekonstruksiya qilinishi, ta’mirlanishi) tugallanishi va ularda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari, shuningdek “Mahalla” хayriya jamoat fondi joylashtirilishi lozim boʻlgan Qoraqalpogʻiston, viloyatlar markazlari va Toshkent shahriga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Yer uchastkalarini tanlab olish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Har bir kompleks DXSh toʻgʻrisidagi kelishuvda qat’iy belgilangan muddatlarda tutash hudud obod qilingan holda qurilishi kerak. Bunda, qurish muddati va taklif etilayotgan kapital qoʻyilmalar va investitsiyalar summasi – investorlarni tanlab olishning asosiy mezonlari.

 

Qurilishi tugallangan komplekslardan keyinchalik foydalanish tartibi DXSh toʻgʻrisidagi kelishuv bilan belgilanadi. Bunda  fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari foydalanilmayotgan хonalarni mustaqil ravishda ijaraga berish va kelib tushayotgan mablagʻlarni oʻzlarining hisobvaraqlariga oʻtkazish hamda ulardan faqat komplekslarni saqlash va obodonlashtirish хarajatlarini qoplash uchun sarflashga haqlidir.

 

Investorning tashabbusi boʻyicha kelishuv bekor qilinganda, uning qurilishga sarflagan хarajatlari qoplanmaydi, qurilishi tugallanmagan ob’yekt davlat mulkiga oʻtkaziladi va boshqa investorlar qidiriladi.

 

Qoʻshimcha ragʻbatlantirish sifatida investorlarga tijoriy maqsadlar uchun  qurilishga ajratilgan komplekslardan kichik boʻlmagan maydonga ega boʻlgan komplekslarga tutash ob’yektlar ajratiladi. Sharti - ularning faoliyat koʻrsatishi fuqarolar yigʻinlarining ishi uchun noqulayliklar yaratmasligi kerak. Investorning huquq va majburiyatlari, ushbu ob’yektlarda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan biznesning faoliyat turlari va yoʻnalishlari, shuningdek, DXShning boshqa shartlari investor va hokimlik oʻrtasida tuziladigan kelishuvlarda aks ettiriladi.

 

Bunda, bunday ob’yektni qurib bitkazgandan keyin, investor u foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida quyidagi soliqlarni 50%ga kamaytirilgan stavkada toʻlaydi:

  • yer soligʻi va mol-mulk soligʻi - taqdim etilgan yer uchastkasi va unda qurilgan koʻchmas mulk qismida;
  • foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq - mazkur ob’yektlarda amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda yoki jami daromad qismida.

 

Fuqarolar yigʻinlariga ijtimoiy dasturlar doirasida kreditlar berish boshlanadi, masalan, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” va  “Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi”. Shu tufayli ular fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moddiy-iqtisodiy asoslarini mustahkamlash va aholini ish bilan ta’minlash borasidagi imkoniyatlarini kengaytirish uchun tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari mumkin boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.02.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.