Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toshkentda faoliyat turiningiz uchun qanday minimal ijara toʻlovlari stavkalarini qoʻllash kerakFoyda soligʻi hisob-kitobi qanday tuzilishi kerak Yer soligʻini toʻlash va hisobotlar taqdim etish tartibiQanday toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiradi

Fuqarolar yigʻinlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ishtirok etadi

01.12.2017

 

2017 yil 8 sentyabrdagi PF-5185-son Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini samarali amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 23 noyabrdagi 940-son qarori bilan Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari roli va faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

 

Hujjatga koʻra Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha doimiy hamkorlik oʻrnatadi:

  • hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
  • hududlarni obodonlashtirish, mahalla va XUMSh faoliyatidagi muammolarni aniqlash hamda hal etish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish;
  • oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni oʻrganish va uning natijalariga koʻra aniqlangan muammolarni hal kilish yuzasidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
  • sogʻliqni saqlash, ta’lim va boshqa muassasalarning samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish;
  • tadbirkorlik sub’yektlariga amaliy yordam koʻrsatish hamda yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • tomorqa yerlardan maqsadli foydalanish, qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer хoʻjaliklariga koʻmaklashish choralarini koʻrish;
  • hududlarda huquqbuzarliklarni, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlarni tashkil etish.

 

Hujjat 2017 yil 25 noyabrda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Sardor JUMAShOV,

ekspert-yuristimiz.