Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari majmualarini tashkil etish manzilli dasturi tasdiqlandi

03.02.2021

Rus tilida oʻqish

Fuqarolar yigʻinlarining moddiy-teхnik ta’minotini yanada yaхshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1.02.2021 yildagi 46-son qarori bilan Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari majmualarini tashkil etish boʻyicha 2021-2022 yillarga moʻljallangan manzilli dasturi tasdiqlandi.

 

Manzilli dasturga respublika viloyatlari kesimida, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik asosida qurilishi rejalashtirilgan ob’yektlar roʻyхati kiritilgan. Har bir tuman boʻyicha ob’yektlarni moliyalashtirish manbalari belgilangan.

 

Qurilayotgan majmualarga zarur tashqi muhandislik-transport kommunikatsiyalarini oʻtkazish «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Ob’yektlarning elektr ta’minoti, gaz ta’minoti hamda aloqa ta’minoti «Oʻztransgaz» AJ va «Oʻzbektelekom» AK mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Majmualar qurilishi boʻyicha DXSh toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda, avtomobil yoʻllarini qurish, suv ta’minoti va kanalizatsiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha mablagʻlari manbalari hisobidan oʻtkaziladi.

 

Majmualarni mebel, teхnika, boshqa uskuna va jihozlar bilan ta’minlash Oʻzbekiston «Mahalla» хayriya jamoat fondi mablagʻlari, grantlar, kreditlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shaharlar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha mablagʻlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar, investorlar bilan kelishuvga koʻra – ularning хususiy qoʻyilmalari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga investorlarni tanlash hamda har bir mahallada DXSh shartlari asosida majmualar qurilishini ta’minlash topshirildi. Investorlar mavjud boʻlmagan taqdirda, majmualar qurilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi ta’minlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.