Vazirlar Mahkamasining 08.07.2025 yildagi 420-son qarori bilan 2025 yilda davlat tomonidang ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy sheriklik asosida jalb qilish dasturi tasdiqlandi.
Dasturda quyidagi me’yorlar belgilangan:
• davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni shakllantirish;
• tegishli tarmoq va sohalardagi muammolarni samarali hal qilishni ta’minlovchi tashabbuskorlik loyihalarini amalga oshirish;
• ijtimoiy hayotning eng dolzarb sohalarida jamoatchilik nazoratini oʻrnatish.
Sheriklik inson huquqlarini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish, ta’lim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, qurilish, kommunal хoʻjalik, aholi bandligi, ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish va boshqa sohalardagi eng dolzarb muammolarni hal etishga yoʻnaltirilgan.
Xususan, quyidagi vazifalar belgilangan:
• ta’lim jarayoniga interaktiv elektron platformalarni joriy etish orqali ta’lim sifatini va oʻquvchilarning oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish;
• oilalarda zoʻravonlik va tazyiqning oldini olish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
• yoshlarning ekologiya sohasidagi bilim va koʻnikmalarini takomillashtirish;
• aholiga kichik elektr stansiyalari qurishning ahamiyati va хavfsizligini tushuntirish;
• davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash meхanizmlarini ishlab chiqish;
• qishloq хoʻjaligi sohasida ayollarning kichik biznesi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va boshqalar.
Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 09.07.2025 yildan kuchga kirgan.
Lola Abduazimova