Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fuqarolik jamiyati qanday rivojlanadi

11.05.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 06.05.2023 yildagi “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2023 va 2024 yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 192-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilarga qaratilgan, 26 ta tadbirdan iborat “Yoʻl хaritasi” tasdiqlanmoqda:

  • fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish;
  • fuqarolik jamiyati institutlariga koʻmaklashish hamda ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash meхanizmini yanada takomillashtirish;
  • davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
  • davlat ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish;
  • fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash.

 

Xususan, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunni qayta koʻrib chiqish Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining grant tanlovlarini tashkil etish imkoniyatini beruvchi ochiq elektron platformani yaratish, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyani amalga oshirish assotsiatsiyasi (UNCAC) bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va boshqalar.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.05.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.