Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fuqarolik sudida ishlar yangi tartib-taomil boʻyicha koʻriladi

19.01.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan «Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun imzolandi (12.01.2021 yildagi OʻRQ-661-son).

 

Ishni I instansiya sudida koʻrgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan boʻlsa, yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrishda, shuningdek sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan hal qiluv qarorini qayta koʻrishda ishtirok etishi mumkin.

 

Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek prokurorning arizasiga koʻra qoʻzgʻatilgan ishlar boʻyicha fuqarolik ishining muhokamasida ishtirok etishga haqli (ilgari prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, mazkur ish yuzasidan uning sudda ishtirok etishi zarurligi sud tomonidan e’tirof etilganda, shuningdek prokurorning arizasiga koʻra qoʻzgʻatilgan ishlar boʻyicha muhokamada ishtirok etishi shart boʻlgan).

 

Shuningdek Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil sudning hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat qilishi mumkin, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar bundan mustasno.

 

Quyidagilar:

1)  Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hay’ati – tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;

2)  Harbiy sud – hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;

3)  Oliy sudning Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hay’ati – Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Harbiy sudning, shuningdek Oliy sudning birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqadi.

(Ilgari apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqish tartibi quyidagicha boʻlgan:

1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hay’ati – fuqarolik ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan;

2) Harbiy sud – hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;

3) Oliy sudning Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hay’ati – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrib chiqqan).

 

Apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida (ilgari – 20 kun ichida) berilishi mumkin.

 

Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddatini ishni koʻrib chiqayotgan sudlov hay’ati tomonidan koʻpi bilan yana bir oyga (ilgari – koʻpi bilan 10 kunga) uzaytirilishi mumkin.

 

FPK 3991-«Sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari» moddasi bilan toʻldirildi, asoslar jumlasiga quyidagilar kiritildi:

  • ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻliq aniqlanmaganligi;
  • sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
  • sudning hal qiluv qarorida bayon etilgan хulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi;
  • moddiy huquq normalarining yoki protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi.

 

Sudning mazmunan toʻgʻri boʻlgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori faqat rasmiy asoslarga koʻra bekor qilinishi mumkin emas.

 

3992, Z993-moddalarda moddiy huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash holatlari belgilangan.

 

I instansiya sudining apellyatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan kassatsiya shikoyati berilishi mumkin (ilgari qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilmagan sudning qarori ustidan berilgan).

 

I instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) Oliy sudning Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan koʻriladi.

 

Kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida (ilgari – qonuniy kuchga kirgandan kundan e’tiboran 6 oy ichida) berilishi mumkin.

 

Kassatsiya shikoyati (protesti) uni sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi. Alohida hollarda koʻrib chiqish muddati koʻpi bilan yana bir oyga (ilgari – koʻpi bilan 20 kunga) uzaytirilishi mumkin.

 

Shuningdek ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish tartibi joriy etildi. Bunda koʻrib chiqish 5 nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi.

 

FPKning 403-moddasida koʻrsatilgan shaхslar Oliy sud raisi, Bosh prokuror yoki ularning oʻrinbosarlariga ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish haqida protest kiritish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli. Ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish haqida protest kiritish toʻgʻrisidagi ariza kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati ichida, mazkur muddat oʻtgan hollarda esa – ajrim qabul qilingan kundan boshlab bir oy ichida berilishi mumkin.

 

Ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish umumiy asoslarga koʻra amalga oshiriladi.

 

Shuningdek nazorat tartibida ish koʻrilishi bekor qilingan (46-bob).

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.01.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.