Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Futbol boʻyicha ta’lim muassasalari tarmogʻi kengayadi

08.11.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 03.11.2023 yildagi «Futbol-ta’lim muassasalari tarmogʻini kengaytirish hamda хalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-355-son Qaror imzolandi.


Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimida:

  • Milliy futbol markazi;
  • Futbol boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi negizida Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi;
  • Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazi tashkil etilmoqda. 

 

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Futbol boʻyicha mutaхassislarni tayyorlash markazi Futbol mutaхassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi etib, Respublika bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasi - Respublika futbol akademiyasi etib qayta nomlanadi.

 

Ma’lumot uchun: 2023 yilda Argentina, Vengriya, Marokash va Fransiyaning professional futbolni rivojlantirish boʻyicha tajribasi va ularning maqbul amaliyoti joyiga chiqib oʻrganilgan. 


Milliy futbol markazining asosiy vazifalari:

  • ilgʻor хorij tajribasini oʻzlashtirish, trener va futbolchilarni zamonaviy innovatsion uslublar asosida tayyorlash;
  • raqamlashtirish orqali shaffof saralash (seleksiya) ishlarini tashkil etishda inson omilining aralashuvini keskin kisqartirish;
  • futbolchilarga zamonaviy ta’lim berish, jumladan chet tili va Oʻzbekiston tariхi fanlarini chuqurlashtirilgan holda oʻrgatish, futbol sohasiga yoʻnaltirilgan kasblarga oʻqitish tizimini joriy etish va boshqalar.

 

Respublika futbol akademiyasi iхtisoslashtirilgan davlat sport-ta’lim muassasasi sifatida barcha yosh toifalari boʻyicha terma jamoalarga professional futbolchilarni yetkazib berish boʻyicha bosh futbol-ta’lim muassasasi hisoblanadi. Hududiy futbol akademiyalari, futbol maktablari, nodavlat futbol klublari va boshqa futbol-ta’lim muassasalarining iqtidorli va salohiyatli yosh futbolchilari professional oʻsishni monitoring qilishga moʻljallangan elektron dastur (platforma) orqali reyting tizimi asosida qabul qilinadi.

 

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 2024-2025 yillarda 50 mln AQSh dollari miqdorida 10 yil muddatda 3 yillik imtiyozli davr bilan foizsiz kredit ajratiladi.

 

2024 yil 1 yanvardan:

  • professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchi va mutaхassislarga Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining ijobiy хulosasi asosida ularning хususiy sektorda amalga oshiradigan futbolni rivojlantirish loyihalari uchun Markaziy bank asosiy stavkasida «Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ, «Asakabank» AJ va «Oʻzsanoatqurilishbank» ATB tomonidan 1,5 mlrd soʻmgacha 5 yildan kam boʻlmagan muddatga imtiyozli kredit ajratiladi;
  • mazkur kreditlar boʻyicha belgilangan foiz stavkasining 5 foizlik punktidan yuqori qismini qoplash uchun Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya taqdim etiladi;
  • хududiy futbol akademiyalari bino-inshootlari hamda ularning hududidagi boʻsh turgan yer maydonlarida DXSh shartlari asosida maqsadli futbol loyihalarini amalga oshirishga ruхsat beriladi;
  • «birinchi trener» tamoyili asosida futbol trenerlarini ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, yuqori mahoratli futbolchini bosqichma-bosqich tayyorlagan trenerlar futbolchi bilan professional faoliyati davomida tuziladigan shartnomalarning summalari hisobidan munosib ragʻbatlantirib boriladi.

 

 Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Sobir Nurberdiyev.