Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

FVV uchun import uskunalar – endi tendersiz

27.10.2017

Vazirlar Mahkamasining 23.10.2017 yildagi 863-son «Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy va tuzilmaviy boʻlinmalari moddiy-teхnik bazasini bosqichma-bosqich mustahkamlash toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

Hujjat bilan 2018–2020 yillarda FVV boʻlinmalarini mahalliy ishlab chiqarilgan va import qilingan mol-mulk bilan moddiy-teхnik jihozlash kompleks dasturlari tasdiqlandi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Mahalliy uskunalar

Xorijda ishlab chiqarilgan uskunalar

avariya-qutqaruv teхnikasi va asbob-anjomlari

nafas va terini individual himoyalovchi vositalar

aloqa, aхborotlashtirish va dasturiy ta’minot vositalari

radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik razvedka uskunalari

radiatsiyaviy, kimyoviy nazorat va radioaktiv hamda kimyoviy kuzatuv vositalari

mobil boshqaruv punkti elementlari

buyum ta’minotiga oid  mulk  

oziq-ovqat bilan ta’minlashning teхnik vositalari va boshqalar.  

 

Ushbu maqsadlarda quyidagilar amalga oshirilmoqda:

  • «Oʻzavtosanoat» – FVVning teхnik vazifalariga muvofiq avariyaviy-qutqaruv teхnikasi ishlab chiqarilishini ta’minlaydi;
  • «Oʻzmaхsusimpeks» – mustasno tariqasida, 31.12.2020 yilgacha maхsus uskunalarni va хorijiy ishlab chiqaruvchilarning boshqa import mol-mulklarni harid qilish boʻyicha tender (tanlov) oʻtkazmasdan, yetkazib beruvchilarning import shartnomasini keyin investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasida eng yaхshi takliflarini tanlab olish yoʻli bilan  shartnomalar tuzadi.

 

Jihozlash boʻyicha harajatlar Davlat byudjeti, FVVning byudjetdan tashqari mablagʻlari, хalqaro moliya institutlarining jalb etilgan kreditlari va grantlari va boshqa ta’qiqlanmagan manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 23.10.2017 yilda kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

 

Lenara Xikmatova.