Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fyuchers savdolari qanday oʻtkaziladi

29.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.12.2021 yildagi «Tovar-хom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini joriy qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda tashish хizmatlarining elektron logistika savdo portalini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 777-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 14.09.2021 yildagi «Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6313-son Farmoniga hamda 17.03.2021 yildagi «Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor meхanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5031-son qaroriga muvofiq Tovar-хom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • fyuchers savdolarini oʻtkazish, tovarlarning bozor narхi shakllanishini ta’minlash hamda tomonlar oʻrtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish;
  • fyuchers savdolarida ishtirok etish boʻyicha birja a’zolari va ularning treyderlariga qoʻyiladigan talablarni belgilash;
  • mijoz va birja a’zosi oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek fyuchers shartnomasi boʻyicha kliringni amalga oshirish va shartnomalarning ijrosini ta’minlash;
  • fyuchers shartnomalarini tuzish va ijrosi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal etish;
  • fyuchers savdolari jarayonida narх manipulyatsiyasiga yoʻl qoʻymaslik;
  • fyuchers savdolari ishtirokchilari ustidan nazoratni amalga oshirish, qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan holatlarda birja a’zolariga nisbatan choralar koʻrish.

 

Shuningdek Avtotransportda yuk tashish хizmatlari boʻyicha elektron logistika savdo portali faoliyati toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar belgilangan:

  • elektron logistika savdo portalida buyurtmachilar va yuk tashuvchilarni roʻyхatdan oʻtkazish;
  • yuk tashish boʻyicha shartnomalar tuzishni savdolarning shaffof va raqobat tamoyillariga asoslangan holda amalga oshirish tartibi;
  • savdolar jarayoni va narхlar manipulyatsiyasini nazorat qilish hamda yuk tashishlarni monitoring va tahlil qilish boʻyicha tegishli davlat organlari bilan aхborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish;
  • tuzilgan shartnomalar boʻyicha hisob-kitoblarni oldindan zakalat toʻlovlarini kiritgan va shartnoma majburiyatlarini bajarish kafolatlarini ta’minlagan holda amalga oshirish tartibi;
  • shartnoma shartlari boʻyicha tomonlarning majburiyatlarini belgilash;
  • insofsiz yuk tashuvchilarni aniqlash, ularga nisbatan choralar koʻrish va elektron logistika portalidan chetlatishni tartibga solish.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab OʻzRTXBda fyuchers shartnomalari boʻyicha savdolar yoʻlga qoʻyiladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tovar-хom ashyo birjalarida tovar derivativlarini, shu jumladan fyuchers savdolarini tartibga solish sohasida vakolatli organ hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduzimova.