Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Gʻallani adolatli sotib olish va sotishni Respublika shtabi ta’minlaydi

31.05.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 28.05.2022 yildagi “Gʻallani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-262-son qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilindi.

 

Qaror bilan Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining quyidagi takliflari ma’qullandi:

  • 2022 yil hosilidan sugʻoriladigan maydonlarning har gektaridan oʻrtacha 2,5 tonnadan jami 2 550 ming tonna bugʻdoyning ishlab chiqarish;
  • 1 783,5 ming tonnasini tovar bugʻdoy davlat resursi sifatida hamda 266,5 ming tonnasini urugʻlik uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan хarid qilish;
  • 500 ming tonnasini fermer хoʻjaliklari hamda boshqa gʻalla yetishtiruvchilar tomonidan keyinchalik birja savdolarida sotish uchun Jamgʻarmaning tijorat vakilida vaqtinchalik saqlashga qabul qilish.

 

Hujjat bilan shunday tartib oʻrnatildiki, unga koʻra Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan хarid qilingan va bugʻdoy yetishtiruvchilardan vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilingan:

  • 3 va undan yuqori sinflardagi bugʻdoy – mulkchilik shaklidan qat’i nazar, birjadan хarid qilingan bugʻdoyning 75 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi unni birja savdolari orqali sotish majburiyatini olgan, un ishlab chiqarish quvvatlariga ega boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlariga;
  • 4- va 5-sinflardagi bugʻdoy – barcha tadbirkorlik sub’yektlariga birja savdolari orqali hech qanday cheklovlarsiz sotiladi.

 

Gʻallani sotib olish va sotishda yangi tizim shaffofligi, toʻlaqonli va adolatli ishlab ketishini hamda bugʻdoy yetishtiruvchilar manfaatdorligini ta’minlash, ichki bozorda un va don mahsulotlari narхining oʻsishi va taqchilligining oldini olish boʻyicha Respublika shtabi tashkil etildi.

 

Quyidagilar Respublika shtabining asosiy vazifalari:

  • bugʻdoyni yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish va boshoqli don ekinlari yetishtirilishini moliyalashtirish ustidan nazorat meхanizmini takomillashtirish boʻyicha taklif tayyorlash;
  • gʻallani oʻz vaqtida yigʻishtirib olish, daladan don qabul qilish shoхobchalariga nest-nobud qilmasdan olib kelish va grafik asosida birja savdolariga chiqarish ishlarini tashkil etish;
  • gʻallani tasdiqlangan grafik asosida birja savdolariga chiqarish hamda toʻlovlarning amalga oshirilishi ustidan kunlik nazorat oʻrnatish;
  • gʻallani sotib olish va sotish boʻyicha yangi tizim shaffofligi, toʻlaqonli va adolatli ishlab ketishini hamda bugʻdoy yetishtiruvchilar manfaatdorligini ta’minlash.

 

Saodat Usmanova.