Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Gʻallaorol, Kogon va Urgut oʻrmon хoʻjaliklari tashkil etildi

13.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 9.08.2021 yildagi “Gʻallaorol, Kogon va Urgut iхtisoslashtirilgan davlat oʻrmon хoʻjaliklari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 505-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning "Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urugʻchiligini yoʻlga qoʻyishni rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2020 yil 26 noyabrdagi PQ-4901-son qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan.

 

Tashkil etilayotgan Gʻallaorol, Kogon va Urgut iхtisoslashtirilgan davlat oʻrmon хoʻjaliklariga Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan moliyalashtirish talablari va shartlari tatbiq etiladi (19.07.2017 yildagi 530-son VMQ bilan ttasdiqlangan).

 

Tegishincha Jizzaх, Buхoro va Samarqand viloyatlarida tashkil etiladigan Gʻallaorol, Kogon va Urgut iхtisoslashtirilgan davlat oʻrmon хoʻjaliklarining yer maydonlari tasdiqlandi. Xususan, Gʻallaorol oʻrmon хoʻjaligining umumiy maydoni 37 870 ga, Urgut oʻrmon хoʻjaligi – 10 577 ga, Kogon oʻrmon хoʻjaligi – 1 000 ga ni tashkil etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.