Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Garov reyestriga yozuv kiritish va undan koʻchirma olish ikki baravar arzonlashdi

07.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining Garov reyestri toʻgʻrisidagi zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida 2014 yil 12 iyundagi 155-son qaroriga tegishli tuzatishlar kiritildi (VMning 29.12.2018 yildagi 1058-son qaroriga qarang).

 

Oʻzgartirishlarga binoan jismoniy va yuridik shaхslardan quyidagilar uchun undiriladigan haq miqdori ikki baravar kamaytirildi:

  • garov reyestriga yozuv kiritish uchun – EKIHning 10%igacha (material e’lon qilingan sanada – 20 273 soʻm);
  • garov reyestridan koʻchirma berilganligi uchun EKIHning 5%igacha (material e’lon qilingan sanada – 10 136,5 soʻm).

 

Ma’lumot uchun: garov reyestri - qarzdorlarning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida berib qoʻygan mol-mulkiga nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisidagi, shuningdek qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlariga qonunga muvofiq qoʻyilgan cheklov hamda qarzdor oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishini ta’minlashi bilan bogʻliq boshqa talablar haqidagi yozuvlarni oʻz ichiga olgan ma’lumotlarning yagona aхborot bazasi (“Garov reyestri toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasiga qarang). Garov reyestrini yuritish Markaziy bank huzuridagi “Garov reyestri” DUK tomonidan amalga oshiriladi (Garov reyestrini yuritish tartibi toʻrisida nizomning 5-bandiga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, yil boshidan boshlab garov reyestriga yozuv kiritish uchun qoʻshimcha asoslar joriy etildi: navbatdagi garovga qoʻyish, garovga oluvchining roziligisiz garov mulkini ijaraga berish va boshqalar (23.11.2018 yildagi PQ-4026-son Prezident qaroriga va sharhga qarang).

 

Shu tariqa, undiriladigan haqning kamaytirilishi garov reyestri bilan oʻzaro munosabatda moliyaviy хarajatlarning keskin oʻsishini oldini olishi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.12.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_