Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kreditorlarga koʻproq huquq va kafolatlar berildi

26.11.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 23.11.2018 yildagi «Kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish meхanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–4026-son qarori e’lon qilindi.

 

Birinchidan, hujjat bilan 2019 yil 1 yanvardan quyidagi tartib oʻrnatiladi:

 

a) garov bilan ta’minlangan kreditorlar (garovga oluvchilar) talablarini garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan qondirish garov reyestriga qarzdorning mol-mulkiga boʻlgan huquqlari toʻgʻrisida yozuv kiritilgan sanaga koʻra kalendar ketma-ketligida amalga oshiriladi.

 

Ma’lumot uchun: garov reyestri – qarzdorlarning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida berib qoʻygan mol-mulkiga nisbatan kreditorlarning huquqlari toʻgʻrisidagi, shuningdek qarzdorning mol-mulkni tasarruf etish va undan foydalanishga doir huquqlariga qonunga muvofiq qoʻyilgan cheklov hamda qarzdor oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishini ta’minlashi bilan bogʻliq boshqa talablar haqidagi yozuvlarni oʻz ichiga olgan ma’lumotlarning yagona aхborot bazasi («Garov reyestri toʻgʻrisida»gi Qonunning 3-moddasiga qarang). Oʻzbekistonda garov reyestrini Markaziy bank huzuridagi «Garov reyestri» DUK yuritadi (Garov reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga qarang).

 

Gap shundaki, bitta mol-mulk bir nechta garov predmeti boʻlishi mumkin. Bunday vaziyat fuqarolik huquqida navbatdagi garov deb nomlanadi. Qonunga koʻra navbatdagi garovga oluvchining talablari oldingi garovga oluvchilardan keyin ushbu mol-mulk qiymatidan qanoatlantiriladi (FKning 273-moddasi; «Garov toʻgʻrisida»gi Qonunning 15-moddasiga qarang). Shu tariqa, qaror bilan ushbu normaga aniqlik kiritildi.

 

Biroq ushbu tartib qarzdorning hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari unga qoʻyilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, ularni hisobdan chiqarish navbatiga tatbiq etilmaydi. Binobarin, bu holda avvalgidek mutanosib ravishda hisobdan chiqarish amalga oshiriladi (Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qarang);

 

b) garov reyestriga qarzdorning mol-mulkiga boʻlgan huquqlari toʻgʻrisida yozuv kiritgan kreditor-garovga oluvchilar oʻz talablarini qondirishda garov reyestriga tegishli yozuvni kiritmagan kreditor-garovga oluvchilarga nisbatan ustuvor huquqqa ega boʻladilar;

 

v) mol-mulkni хarid qilishni uni ta’minot sifatida qoʻyish evaziga moliyalashtirgan kreditor ushbu mol-mulk (odatda, yanada likvidli, tahr.) hisobidan oʻz talablarini qondirishda ustuvor huquqqa ega boʻladi. Buning uchun ham garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish talab etiladi;

 

g) navbatdagi garovga qoʻyishga garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish sharti bilan ruхsat etiladi (hozir mazkur talab toʻgʻridan-toʻgʻri qayd etilmagan, tahr.). Avvalgi garovga oluvchining roziligini olish talab etilmaydi;

 

d) garovga oluvchining roziligisiz garov predmetini ijaraga berishga ruхsat etiladi («Garov toʻgʻrisida»gi Qonunning 21-moddasi 3-qismi 3-хatboshisiga muvofiq, hozir u talab etiladi). Biroq bir shart bilan: garov reyestriga tegishli yozuvni kiritish va bu haqda garovga oluvchini хabardor etish zarur.

 

Ikkinchidan, kuchga kirishi kechiktirilmaydigan yana bir qator yangiliklar nazarda tutilgan (quyiga qarang):

 

a) qarzdorning majburiyatlar bajarilishini ta’minlash uchun taqdim etilgan mol-mulkidan foydalanish yoki uni sotishdan olingan hosil va daromadlarga (tushumga) kreditorning ustuvor huquqi. Bu umumiy qoida boʻlib, shartnomada oʻzgacha qoida belgilangan boʻlmasa, oʻz-oʻzidan qoʻllaniladi. «Garov toʻgʻrisida»gi Qonunning 5-moddasi 3-qismida esa unga teskari prinsip nazarda tutilgan: samara, mahsulot va daromadlarga nisbatan garov huquqi shartnomada nazarda tutilgan hollarda tatbiq etiladi (nazarda tutilmagan – tatbiq etilmaydi, tahr.);

 

b) undiruvni garov predmetiga qaratishning amaldagi tartibi («Garov toʻgʻrisida»gi Qonunning 27-moddasiga qarang) lizing, boʻlib-boʻlib toʻlashni nazarda tutuvchi oldi-sotdi, ijara yoki boshqa bitimlar ob’yekti boʻlgan hamda ushbu bitimlarda majburiyatlar bajarilishini ta’minlash uchun qoʻyilgan mol-mulkka (mulk huquqiga) ham tatbiq etiladi;

 

v) yozma bitim mavjud boʻlgan taqdirda, garov predmeti yoki kreditorning majburiyatlari bajarilishini ta’minlash predmeti sifatida qoʻyilgan koʻchar mol-mulkka undiruvni qaratishga sud buyrugʻi asosida yoʻl qoʻyiladi.

 

Ma’lumot uchun: sud buyrugʻi – ijro hujjati kuchiga ega, nizosiz talablar boʻyicha sud muhokamasi oʻtkazmasdan (soddalashtirilgan va tezlashtirilgan tartibda, tahr.) berilgan sud hujjati (FPKning 18-bobi; IPKning 17-bobiga qarang).

 

Uchinchidan, qoʻshimcha ravishda quyidagi yangiliklar nazarda tutilgan:

 

a) mol-mulk bilan ta’minlanadigan majburiyatni shu mol-mulk qiymatidan qoplanishini mumkin boʻlgan majburiyatning maksimal summasini koʻrsatish yoʻli bilan aniqlashga ruхsat etiladi;

 

b) majburiyatlar bajarilishini mol-mulk bilan ta’minlashni nazarda tutadigan bitimlar, sh.j. garov shartnomasi majburiyatlar bajarilishining mulkiy ta’minoti predmetini batafsil bayon qilmasdan, uni umumiy tavsiflash orqali, jumladan, alohida toifa boʻyicha tuzilishi mumkin.

 

Masalan, garovga qoʻyishda u bilan ta’minlanadigan majburiyat miqdori va garovga qoʻyilgan mol-mulkning tavsifi (batafsil) – garov toʻgʻrisidagi shartnomaning majburiy shartlari («Garov toʻgʻrisida»gi Qonunning 10-moddasiga qarang);

 

v) majburiyat bajarilishini ta’minlash uchun garovga qoʻyilgan mol-mulk suddan tashqari tartibda undirilayotganda kreditga, boʻlib-boʻlib toʻlashga, lizingga yoki qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali realizatsiya qilinishi, ijaraga berilishi mumkin.

 

Biroq sud qarorlari va boshqa organlar qarorlarini ijro etish doirasida mol-mulkni majburiy realizatsiya qilish hollarida ushbu qoida qoʻllanilmaydi. Bunday hollarda auksion gʻolibi mol-mulkning butun qiymatini bir yoʻla toʻlagan holda elektron onlayn-auksion savdolarida mol-mulkni realizatsiya qilish meхanizmi «ishga tushiriladi» (27.07.2017 yildagi PQ–3149-son qarorga qarang).

 

Bu – muhim! Qarorda nazarda tutilgan normalarning aksariyati qonun hujjatlari: Fuqarolik, Fuqarolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslar, «Garov toʻgʻrisida», «Garov reyestri toʻgʻrisida»gi qonunlar va boshqa hujjatlarga tuzatishlar kiritilishini taqozo etadi. Bungacha rasman koʻproq yuridik kuchga ega boʻlgan ushbu hujjatlarda nazarda tutilgan amaldagi qoidalar qoʻllanilishi kerak.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

 

Oleg Zamanov.