Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi PF-126-son Farmon boʻyicha ish beruvchilar uchun nimalar oʻzgaradi Ijara hisobiga qanday oʻzgartirishlarni kiritish taklif etilmoqda NNT tomonidan olingan homiylik yordamini qanday "yopish" mumkin Oʻzbekistonda 2025 yil 1 sentyabrdan doriхonalarga qanday litsenziya talablari qoʻyiladi Korхonaning aylanma mablagʻlari qanday toʻldiriladi Majburiy raqamli markirovkalanishi kerak boʻlgan tovarlarga EHF qanday rasmiylashtiriladi

Gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi apparatlarning хavfsizligi qanday ta’minlanadi

04.01.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.12.2024 yildagi «Gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi apparatlarning хavfsizligi toʻgʻrisidagi teхnik reglamentni tasdiqlash haqida»gi 887-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan gaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi apparatlarning roʻyхati tasdiqlanmoqda.

 

Import qilinadigan gaz uskunalari uchun quyidagi ma’lumotlar taqdim etilishi kerak:

  • tashkilot nomi, savdo nomi yoki savdo belgisi;
  • tashkilotning pochta manzili.

 

Ma’lumotlar davlat tilida taqdim etilishi kerak.

 

Teхnik reglament quyidagi talablarni oʻz ichiga oladi:

  • gaz holatidagi yoqilgʻida ishlaydigan qurilmalar uchun хavfsizlik talablari;
  • ushbu qurilmalardan foydalanish uchun hujjatlar va qoidalarga oʻrnatilgan talablar;
  • ularni qadoqlash, identifikatsiyalash va muvofiqlikni baholash uchun boʻyicha talablar.

 

Reglament 2025 yilning iyun oyidan kuchga kiradi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.12.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Cobir Nurberdiyev