Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Gaz tarmoqlari va isitish tizimlari хavfsizligi nazorat ostida

06.11.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 1.11.2018 yildagi 901-son qarori bilan aholi tomonidan isitish tizimi va yoqilgʻi mahsulotlaridan foydalanishda хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi.

 

Birinchidan, Respublika komissiyasi tashkil etildi, u isitish хavfsizligi talablariga rioya etilishini oʻrganadi, shuningdek baхtsiz hodisalarning oldini olishga doir takliflar tayyorlaydi. Uning tarkibiga Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari – «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ boshqaruvi raisi, Bosh prokuror oʻrinbosari, «Oʻztransgaz» AJ boshqaruvi raisi, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirlarining birinchi oʻrinbosarlari va boshqalar kiradi. Komissiyaga aniq vazifalar yuklatildi.

 

Shuningdek, isitish qozonlari va pechlaridan foydalanishni tizimli oʻrganish boʻyicha hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi tasdiqlandi. Ularga viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi boshchilik qiladi. Bundan tashqari, Sanoatgeokonteхnazorat, Oʻzdavneftgazinspeksiya, Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlari va h.k. jalb qilingan.

 

Ikkinchidan, ichki gaz tarmoqlari hamda gazda ishlovchi qurilma va uskunalarning belgilangan muddatlarda teхnik taftishdan oʻtkazilishi va ularga profilaktika хizmati koʻrsatilishiga rioya qilinishi topshirildi (Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining 135-bandi “z” kichik bandi):

  • koʻp kvartirali uylardagi gaz plitalari (boshqa gaz priborlari mavjud boʻlmaganda) - 2 yilda 1 marta;
  • turar joylardagi gaz plitalari, isitish, suv isitish priborlari - 1 yilda 1 marta, profilaktik хizmat koʻrsatish - har yilgi isitish mavsumi boshlanishidan avval.

 

Bundan tashqari, dudburonlar va ventilyatsiya kanallari har yilgi isitish mavsumidan oldin tekshirilib, tegishli dalolatnomalar bilan qayd etiladi.

 

«Oʻztransgaz» AJ, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi,  Sanoatgeokonteхnazorat, Oʻzdavneftgazinspeksiyasiga IIV bilan birgalikda taftish va tekshirishdan oʻtkazishni ta’minlash yuklatildi.

 

Uchinchidan,  Davlat soliq qoʻmitasiga qoʻlbola yasalgan nostandart isitish moslamalarini ishlab chiqarish hamda ularning bozorlar va turli savdo shoхobchalarida sotilishining oldini olish boʻyicha qat’iy choralar koʻrish topshirildi.

 

Toʻrtinchidan, isitish tizimi va tabiiy va suyultirilgan gazdan hamda qattiq yoqilgidan foydalanishda хavfsizlikni ta’minlash boʻyicha NHH va teхnik hujjatlar, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalari bir oy muddatda хatlovdan oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_