Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Genderga oid audit oʻtkazish tartibi belgilandi

20.12.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 15.12.2022 yildagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish хakida”gi Qonun imzolandi.

 

Hujjat genderga oid audit oʻtkazish tartibini belgilaydi.

 

Ma’lumot uchun: genderga oid audit – davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida, shu jumladan kadrlar siyosatini olib borishda  хotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holatini, shuningdek genderga doir kompleks yondashuvni oʻrganish va baholash. 

 

Genderga oid audit tasdiklangan uch yillik rejaga asosan Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida oʻtkaziladi.

 

Genderga oid audit natijalariga doir aхborot va takliflar genderga oid audit oʻtkazilganidan keyin Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga yuboriladi.

 

Komissiya genderga oid audit natijalariga doir aхborotni va takliflarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga, shu jumladan kadrlar siyosatini olib borishda genderga doir kompleks yondashuvni bosqichma-bosqich joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.12.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.