Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Geodeziya va kartografiya faoliyatiga litsenziya olish soddalashtirildi

27.11.2019

Rus tilida oʻqish

Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga tegishli tuzatishlar kiritildi (21.11.2019 yildagi 927-son VMQga qarang).

 

Birinchidan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tegishli ma’lumotlarga ega boʻlgan shtatdagi хodimlariga nisbatan litsenziya talablariga tuzatishlar kiritildi. Endi litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha ularning eng kam staji uch yil emas, ikki yilni tashkil qiladi. Eslatib oʻtamiz, litsenziat shtatida kamida bitta shunday хodim boʻlishi lozim.

 

Ikkinchidan, litsenziyani rasmiylashtirishning yakuniy bosqichi muddati qisqartirildi. Litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlangandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin avvalgidek uch kun muddatda emas, balki bir kun ichida litsenziya beriladi. Litsenziyalash tartib-taomili 5 bosqichdan iborat boʻlib, zarur hujjatlarni tayyorlash hamda ularni Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga topshirishdan boshlanadi.

 

Uchinchidan, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining vakolatlari jumlasidan litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatlarni rejadan tashqari tekshirish chiqarib tashlandi. Litsenziyalovchi organ qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadagi tekshiruvlarni amalga oshirishga haqlidir.

 

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 1 yanvardan tadbirkorlik sub’yektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilingan, yuridik shaхslar tugatilayotganida, shuningdek, qonunchilik buzilganligi holatlari boʻyicha oʻtkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno (5.10.2016 yildagi PF-4848-son Farmonga qarang).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.11.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.