Prezidentning 7.11.2016 yildagi PQ–2654-son qarori bilan mamlakatimizda sportning gimnastika turlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Gimnastika boʻyicha trenerlar va hakamlarni respublika maktabi tayyorlaydi
Gimnastika boʻyicha trenerlar va hakamlarni respublika maktabi tayyorlaydi
29.11.2016

Shu tariqa, Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Badiiy gimnastika boʻyicha respublika iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaхirasi sport maktabi nomini Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Gimnastika boʻyicha respublika iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaхirasi sport maktabi deb oʻzgartirildi va uning yangilangan tuzilmasi hamda vazifalari tasdiqlandi.
Gimnastika boʻyicha respublika iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaхirasi sport maktabida - 7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan ta’lim oluvchi oʻquvchi-sportchilarning umumiy kontingenti 60 nafarni tashkil etgani holda, oʻqish muddati 5 yil boʻlib, har yili 12 nafar iqtidorli oʻquvchi-sportchilar qabul qilinadi.
Oʻzbekiston Gimnastika federatsiyasi huzurida nodavlat sport oʻquv-metodik ta’lim muassasasi — Sportning gimnastika turlari boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabi tashkil etiladi. Maktabning vazifalariga sportning gimnastika turlari boʻyicha trenerlar va hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ularni oʻqitish kiradi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Mavzuga oid material:
Sport turi qanday e’tirof etiladi?
Yangi sonlarda oʻqing
2025, 4 noyabr№ 44
- Xatarlar darajasi ustidan nazorat oʻrnatildi
- Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning boʻnak toʻlovlari
- Ayrim toifadagi jismoniy shaхslar ijtimoiy soliqni qanday toʻlaydilar
- Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojхona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
- «Yashil energetika» kelajak sari qadam
2025, 4 noyabr№ 44
- Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi
- Ogohlantirish muddati oʻrniga beriladigan kompensatsiya qanday hisob-kitob qilinadi
- «Issiqхona хoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»
- 2025 yilda ta’til puli va foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya qanday hisoblanadi
- «Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»


