Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

GPS-trekerli transportga yoʻl varaqasi toʻliq toʻldirilmaydi

14.08.2017

 

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti boshligʻining buyrugʻi (roʻyхat raqami 1282-3, 2017 yil 4 avgust) bilan Chiptalarni hisobga olish va yoʻl varaqalarini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaga tuzatishlar kiritildi.

 

Yoʻriqnomada harakatdagi tarkibni  olisdan nazorat qilish tizimidan foydalangan holda, GPS-trekerlar bilan jihozlangan transportda yoʻlovchilar tashishni amalga oshirishda hujjatlarni toʻldirishning хususiyatlari yozilgan (quyidagi jadvalga qarang).

 

 

Hujjat


 

Toʻldirilmaydigan boʻlim va grafalar 

 

GPS-trekerlar bilan jihozlangan yoʻnalishli taksilar

 

Yoʻl varaqasi

Old tomonining “Avtotransport vositasining punktlardagi navbatchiligi” boʻlimi 

 

old tomonining 5, 15-grafalari

 

Ichki tomonining “Haqiqatda vaqt” va “Ish soatlari 1 oʻnlik bilan” boʻlimlari

 

GPS-trekerlar bilan jihozlangan avtobuslar va yoʻnalishli taksilar 

 

Yoʻl varaqasi

old tomonining 5, 15-grafalari

 

ichki tomonining 7–20-grafalari

 

orqa tomonining 3-bandi

Chiptalarni hisobga olish varaqasi

 

1-boʻlim. “Haydovchilar, konduktorlar ma’lumotlari, avtovokzallar (avtostansiyalar) qaydlari.

 

 

 

Hujjat Qonun hujjatlari toʻplamining 7.08.2017 yildagi 31 (791)-sonida rasmiy e’lon qilingan va 3 oydan keyin kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 



 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.