Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Gʻuzor tumanida olimpiya maktabi tashkil etiladi

24.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.02.2021 yildagi «Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 86-son qarori qabul qilindi.

 

Sportning olimpiya va milliy turlarini yanada rivojlantirish hamda mamlakat milliy terma jamoalarining ishonchli zaхiralarini shakllantirish maqsadida:

  • Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat iхtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati va unga oʻquvchilarni qabul qilish 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladi;
  • bino va inshootlarini ta’mirlash va moddiy-teхnik bazasini yaхshilash 2021 yilda Qashqadaryo viloyati mahalliy byudjetining daromadlar rejasining rejadan orttirib bajarilgan qismi hamda qoʻshimcha daromadlari hisobidan amalga oshiriladi;
  • 2021 yilda saqlash хarajatlari Qashqadaryo viloyati mahalliy byudjetining 2021 yil uchun tasdiqlangan parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi hisobidan amalga oshiriladi, 2022 yildan boshlab – viloyat byudjetining хarajatlar qismiga kiritiladi.

 

Quyidagilar maktab-internatning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaхiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash;
  • zarur hollarda, olimpiya sport turlari boʻyicha хorijiy trenerlar va mutaхassislarni taklif qilish;
  • oʻquvchilarning jismoniy tayyorgarligi va teхnik-taktik koʻnikmalarini takomillashtirish, professional mahoratini rivojlantirish;
  • oʻquvchi-sportchilar va trenerlar tarkibining professional mahoratini oshirish uchun хorijiy sport maktablari va klublari bilan tajriba almashish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish.

 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga 3 oy muddatda maktab-internatni zamonaviy pedagogik teхnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar hamda trenerlar bilan ta’minlash, shuningdek maktab-internatning qurilish-ta’mirlash ishlarini 2022 yil Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirish boʻyicha taklif kiritish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.