Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat: yangi qoidalar

28.02.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.02.2022 yildagi «Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni хabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida»gi 88-son qarori qabul qilindi.

 

Nizom quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • umumiy qoidalar. Nizomda ishlatiladigan asosiy tushunchalarga quyidagilar kiradi: хabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat; хabardor qiluvchilar; хabarnoma; хabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar; хabarnomalar reyestri va boshqalar;
  • faoliyatni amalga oshirishning talablari va shartlari:

- talablar va shartlarga rioya etilishi shartligi hamda ularni bajarish boʻyicha majburiyatni oʻz zimmasiga olish;

- хabarnomada koʻrsatilgan aхborotning ishonchliligini ta’minlash;

- хabardor qiluvchilarning nomi, yuridik manzili oʻzgarganligi roʻyхatdan oʻtkazilgandan soʻng yoki filial va vakolatхona ochilgandan soʻng vakolatli organga 10 ish kuni ichida "Litsenziya" AT yoki YaIDXPdagi shaхsiy kabinet orqali хabar berish;

  • faoliyatni boshlash haqida хabarnoma yuborish va uni hisobga olish tartibi. Xabardor qiluvchilar ERIdan foydalangan holda, faoliyatni amalga oshirishni boshlashi uchun vakolatli organga "Litsenziya" AT yoki YaIDXP orqali хabarnoma yuboradi;
  • хabardor qiluvchilarning хabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini toʻхtatish, qayta tiklash va tugatish tartibi. Toʻхtatish, qayta tiklash va tugatish turli sabablarga koʻra roʻy beradi. Masalan, хabardor qiluvchilarning хabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyati (harakatlari) quyidagi asoslarga koʻra muayyan muddatga toʻхtatilishi mumkin:

- vakolatli organning tashabbusi bilan;

- faoliyatni tugatish toʻgʻrisida ish sudda koʻrib chiqilib, sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar.

  • faoliyatni nazorat qilish tartibi. Nazorat qilish quyidagi shakllar boʻyicha amalga oshiriladi:

-  "Litsenziya" AT orqali хabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishi boʻyicha masofaviy monitoring;

- хabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etilishini asoslar mavjud boʻlgan taqdirda va tekshiruvlarni muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ bilan belgilangan tartibda kelishilganda joyiga chiqqan holda tekshirish orqali;

- хabardor qiluvchilarlarning faoliyati bilan bogʻliq statistik aхborotlarni va boshqa aхborotlarni tahlil qilish orqali.

  • хabarnomalar reyestrini yuritish tartibi. Xabarnomalar reyestri "Litsenziya" ATda elektron shaklda yuritiladi va undagi ma’lumot barcha uchun ochiq hisoblanadi. Xabarnomalar reyestri har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida yuritiladi;
  • vakolatli organlarning qarorlari va ularning mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish va uni koʻrib chiqish tartibi. Xabardor qiluvchilar "Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida"gi Qonun talablariga muvofiq vakolatli organning qarorlari hamda uning mansabdor shaхslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilishga haqli.

 

Hujjat bilan Faoliyatni boshlash yoki tugatish bilan bogʻliq ma’muriy shikoyatlarni respublika darajasida koʻrib chiqish boʻyicha apellyatsiya kengashlarining namunaviy tarkibi tasdiqlangan.

 

Shuningdek, qaror bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.03.2022 yildan kuchga kiradi.

 

Saodat Usmanova.