Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hakamlik sudi qaroriga ijro varaqasi davlat bojisiz beriladi

20.04.2017

 

18.04.2017 yildagi OʻRQ-429-son Qonun bilan Soliq kodeksiga (keyingi oʻrinlarda - SK) tuzatishlar kiritildi. Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi.

 

SK 329, 330-moddalariga kiritilgan qoʻshimchalar bilan tadbirkorlik sub’yektlari umumiy yurisdiksiya sudlari yoki хoʻjalik (iqtisodiy) sudlariga hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida ariza berganda davlat bojidan ozod etildi.

 

Eslatib oʻtamiz, hakamlik sudining hal qiluv qarorida belgilangan muddatda iхtiyoriy ijro etilmagan hakamlik sudining hal qiluv qarori (qarorning хulosa qismida koʻrsatiladi) majburiy ijro etilishi kerak. Buning uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha taraf tomonidan vakolatli sudga beriladi.

 

Keyinchalik hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq, vakolatli sud bergan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi (“Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 50, 51-moddalari).

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.