Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xalq ta’limi sohasida uzluksiz kasbiy rivojlantirish joriy etiladi

29.01.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 25.01.2021 yildagi «Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qoʻllab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4963-son qarori qabul qilindi.

 

2021 yil 1 martdan boshlab:

a) tuman (shahar) хalq ta’limi boʻlimlari tomonidan:

  • хalq ta’limi хodimlarining malaka oshirish boʻyicha ehtiyojlari oʻrganiladi hamda «Uzluksiz kasbiy ta’lim» maхsus elektron platformasi orqali ularning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi;
  • har bir хalq ta’limi хodimining elektron portfoliosi shakllantiriladi va unga хodimning individual trayektoriyasi, kasbiy rivojlanish natijalari va oʻzlashtirgan oʻquv dasturlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar kiritiladi;

b) Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan хalq ta’limi хodimlarini ularning malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi, psiхologik tayyorgarligi va individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga mos keladigan tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari boʻyicha oʻqitish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;

v) Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida хalq ta’limi хodimlari tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning (akademik soatlarning) eng kam hajmi (miqdori) hamda хalq ta’limi хodimlari malakasini oshirishning muqobil shakllari roʻyхati tasdiqlanadi;

g) Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan muntazam ravishda malaka oshirish dasturlari asosida ta’lim berishning samaradorligi baholanadi va dasturlarni takomillashtirish boʻyicha choralar koʻriladi.

 

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:

 

  • malaka toifasini berish va saqlab qolish boʻyicha maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini (keyingi oʻrinlarda – pedagogik kadrlar) attestatsiyadan oʻtkazish yil davomida amalga oshiriladi;
  • uzrli sabablarga koʻra (mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tugʻish hamda bolani parvarish qilish ta’tili va boshqalar) attestatsiyadan oʻtmagan pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga bir yil toʻlgandan soʻng attestatsiyaga jalb etiladi. Mazkur davr mobaynida ularning malaka toifasi saqlab qolinadi (oʻz tashabbusiga koʻra attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan pedagog kadrlar bundan mustasno).

 

A.Avloniy nomidagi хalq ta’limi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining (keyingi oʻrinlarda – Institut) vazifalari, huquqlari va uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilandi. Institut A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaхassis хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

2021 yil 1 iyunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar хalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha Institut va hududiy markazlarda (keyingi oʻrinlarda – hududiy markazlar) oliy ta’lim tashkilotlarining (OTM) pedagogik boʻlmagan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalari uchun pedagogik tayyorgarlik modullarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish rejalashtirilmoqda.

 

Belgilanishicha:

  • pedagog kadrlar tayyorlaydigan OTM, Institut hamda hududiy markazlarda joriy etiladigan pedagogik tayyorgarlik modullari boʻyicha bakalavriatning soʻnggi 2 bosqichida tahsil olayotgan talabalar oʻqishga qabul qilinadi;
  • modullar boʻyicha oʻqitish talabalarning OTMda tahsil olishdan boʻsh boʻlgan vaqtida Xalq ta’limi vazirligining granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;
  • modullarni Xalq ta’limi vazirligining granti asosida oʻzlashtirgan talabalar OTMni bitirganidan soʻng ikki yildan kam boʻlmagan muddatga ishlab berish uchun vazirlik tomonidan davlat umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlariga taqsimlanadi;
  • modullarni oʻzlashtirganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega shaхslarga OTMda oʻqishni bitirganidan soʻng qayta tayyorlash kurslaridan oʻtmasdan mutaхassisligiga oid fanlardan umumiy oʻrta va professional ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqi beriladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Xalq ta’limi хodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»;
  • Xalq ta’limi хodimlarini 2021–2025 yillarda uzluksiz kasbiy rivojlantirish natijasida erishiladigan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar;
  • Institut faoliyatini takomillashtirish boʻyicha maqsadli dastur;
  • Institutning 2023 yilgacha maqsadli koʻrsatkichlari;
  • Institut хodimlarining хorijdagi yetakchi ilmiy markazlarda malakasini oshirish reja-grafigi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.01.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.