Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Xalq ta’limi vazirligining vazifalari va tuzilmasiga tuzatish kiritildi

02.10.2017

 

Prezidentning 30.09.2017 yildagi PQ–3304-son «Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻrisida»gi qarori imzolandi.

 

Avval yozganimizdek, Xalk ta’limi vazirligining maktabgacha yoshdagi bolalarning oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish funksiyalari barcha davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan birga yangidan tuzilgan Maktabgacha ta’lim vazirligiga oʻtkazildi.     

 

Shu munosabat bilan Xalq ta’limi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlariga tuzatishlar kiritildi, shuningdek uning tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining tuzilmasi yangilandi.

 

A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi хodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutahassis хodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti deb qayta nomlandi. Hujjat bilan uning tuzilmasi ham tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 30.09.2017 yilda kuchga kirdi.

 

 Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz.