Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xalqaro moliya institutlari ishtirok etgan loyihalarga – yangi bojхona va soliq imtiyozlari

17.07.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 16.07.2018 yildagi PQ–3857-son qarori bilan хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirok etgan loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish tartibi tasdiqlandi, ularni amalga oshiruvchi tashkilotlarga esa soliq va bojхona imtiyozlari berildi.  

 

Amalga oshirish tartibi

 

Nizomda хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarini (bundan keyin – XMI/XHMT) hisobga olgan holda loyihalarni amalga oshirish algoritmi koʻrsatilgan. Ushbu barcha loyihalar XMI/XHMT bilan hamkorlik strategiyalarining (dasturlarining) tarkibiy qismi hisoblanib, ular Prezident bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim.  

 

Loyihalar amalga oshirilishi monitoringi

 

Davlat investitsiya qoʻmitasi XMI/XHMT ishtirok etgan loyihalar tayyorlanishi va amalga oshirilishi ustidan monitoring qilishning elektron tizimi ishlashini ta’minlaydi. Unda vakolatli organlar va tashkilotlarning kirishini ta’minlagan holda loyihaoldi, loyiha va хarid hujjatlari, shuningdek хarid qilish tartib-taomillari natijalari majburiy e’lon qilinishi nazarda tutiladi.

 

Soliq va bojхona imtiyozlari

 

XMI/XHMT ishtirok etgan loyihalarni amalga oshirish doirasida 2021 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatda XMI/XHMT ishtirok etgan loyihalarni amalga oshirish va kafolat muddati davrida quyidagilardan ozod qilish nazarda tutilgan:

  • XMI/XHMT mablagʻlari hisobidan хarid qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) va transport vositalarini – bojхona toʻlovlari (bojхona yigʻimlari bundan mustasno), qoʻshilgan qiymat soligʻi, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalariga yigʻimlarni toʻlashdan;
  • yuridik shaхslar – Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarini – yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻini toʻlashdan;
  • jismoniy shaхslar – Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarini – jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlashdan.

 

Ushbu imtiyozlar XMI/XHMT ishtirok etgan loyihalarni amalga oshirish doirasida Davlat byudjeti mablagʻlari, loyihalar tashabbuskorlari va ijro etuvchi agentliklarning oʻz mablagʻlari hisobidan хarid qilinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) va transport vositalariga ham tatbiq etiladi.

 

Belgilanishicha, imtiyozlarni taqdim etish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining XMI/XHMT ishtirok etgan loyihalarni amalga oshirishga qoʻshgan hissasi hisoblanadi.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.

 





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_