Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

Xalqaro obligatsiyalar sotilishidan tushgan mablagʻlar qayerga yoʻnaltiriladi?

04.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu savolga Prezidentning 2019 yil 2 apreldagi PQ–4258-son qarorida javob berilgan.

 

2019 yil fevralda Oʻzbekiston 5 va 10 yillik suveren хalqaro obligatsiyalarini chiqardi. Jahon moliya bozorlarida ikkita transh bilan (500 mln dollardan) joylashtirilgan umumiy summa 1 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi: 4,75% daromad keltiradigan birinchisi 2024 yil fevralda, 5,375% daromad keltiradigan ikkinchisi 2029 yil fevralda toʻlanishi lozim.  

 

Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, davlatimiz rahbarining qarori bilan ushbu mablagʻlar tegishli foizlar bilan qaytarish shartlarida quyidagicha taqsimlanadi:

  • 889,2 mln AQSh dollari – auksion orqali tijorat banklarining depozit schyotlariga joylashtiriladi;
  • 20 mln AQSh dollari –Agrobankka qarz sifatida beriladi;
  • 89,9 mln AQSh dollari – Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga ssuda sifatida beriladi.