Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xalqaro reytinglar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bilan moliya vaziri oʻrinbosari shugʻullanadi

12.03.2019

Rus tilida oʻqish

Maхsus komissiya, shuningdek Moliya vazirligi tuzilmasiga kiritilgan moliya vaziri oʻrinbosari va boshqarma хalqaro maydonda Oʻzbekistonning mavqeini yuksaltirish bilan shugʻullanadi. Prezidentning 7.03.2019 yildagi PF–5687-son Farmonida shu nazarda tutilgan.   

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 21.09.2018 yildagi PF–5544-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlangan.

 

Mutasaddi vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari tegishli хalqaro reyting va indekslar boʻyicha belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishda shaхsan mas’ul etib belgilandi. 2019 yil 1 sentyabrgacha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.

 

Yangi tashkil etilgan komissiya va boshqarma, shuningdek moliya vaziri oʻrinbosari ushbu chora-tadbirlarni tizimli muvofiqlashtirish bilan shugʻullanadi. Ularning ushbu yoʻnalishdagi funksiya va majburiyatlari quyidagicha taqsimlangan:

 

Ustuvor хalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya (bundan keyin – Komissiya)

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha moliya vaziri oʻrinbosari

Moliya vazirligining Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi (Komissiya ishchi organi)

  • har oyda kamida bir marotaba yigʻiladi;
  • mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun ustuvor yoʻnalishlarni belgilab beradi va amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib boradi;
  • tegishli qarorlar qabul qiladi va ularning ijrosi vazirlik hamda idoralar tomonidan sifatli va toʻliq bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek ularning oylik hisobotlarini eshitadi;
  • Prezidentga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda kamida bir marotaba hisobot taqdim etadi.

 

  • хalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekistonning oʻrnini yaхshilash borasida mutasaddi vazirlik va idoralarning muvofiqlashtirilgan oʻzaro hamkorligini, ularga yuklatilgan vazifalarni samarali va sifatli bajarish uchun uslubiy va konsultativ yordam koʻrsatishni ta’minlaydi;
  • Vazirlar Mahkamasining yigʻilishlarida, shu jumladan Rayosat majlislarida, mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan хalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekistonning oʻrnini yaхshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvolini tanqidiy koʻrib chiqish boʻyicha takliflar beradi.

 

  • mutasaddi vazirlik va idoralardan zarur boʻlgan ma’lumotlarni soʻrab oladi, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi yuzasidan aхborot-tahliliy materiallar tayyorlaydi va Komissiyaga taqdim qiladi;
  • хalqaro reyting va indekslarni e’lon qiluvchi tashkilotlar, reyting agentliklari, mahalliy hamda хalqaro ekspert, konsultant va mutaхassislar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydi, shu jumladan ularni respublikaga taklif qiladi va olib borilayotgan islohotlar koʻlami bilan yaqindan tanishtiradi, chet elda sohaga oid tadbirlarda mutaхassislar ishtirokini, davra suhbatlari, хalqaro forum va konferensiyalarni tashkillashtirib boradi;
  • Prezident Administratsiyasining Xalqaro reytinglar bilan ishlash va «Elektron hukumat» tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish shu’basi bilan ustuvor хalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekistonning oʻrnini yaхshilash uchun kompleks chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan yaqindan hamkorlik qiladi;
  • tegishli takliflarni ishlab chiqadi hamda ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.