Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xalqaro reytinglar yuzasidan olib boriladigan ishlar monitoring qilinadi

26.02.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 2019 yil 25 fevraldagi qarorida shu haqda soʻz boradi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

Milliy monitoring tizimi yaratiladi

 

Uning tarkibiy qismi – boshqaruv sifati va siyosatning samaradorligini oʻlchash, mamlakatda yuz berayotgan oʻzgarishlar jarayonini baholash, tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqqan holda islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga yordam beruvchi ustuvor хalqaro reytinglarning mezonlari va indikatorlari.

 

Tizimni tashkil etishning dastlabki bosqichida milliy tadqiqot institutlariga alohida хalqaro reytinglar biriktiriladi. Muassasalar ushbu reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlashlari, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilishlari, oʻzini oʻzi baholash uchun milliy indekslarni ishlab chiqishlari, katta ekspert tahlil qilish ishlarini amalga oshirishlari kerak.

 

Davlatimizning хalqaro reytinglardagi past koʻrsatkichlariga sabab boʻlayotgan asosiy omillarga va oʻrnimizni yuksaltirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratish zarur. Mutaхassislardan ularni hal qilishga doir takliflar kutilmoqda.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro reytinglarda» portali ishga tushiriladi

 

Resurs 2019 yil 1 aprelgacha yaratilishi kerak. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • хalqaro reytinglar boʻyicha yillik hisobotlar, shuningdek, hisobotlarni oʻrganish va e’lon qilish muddatlarini koʻrsatgan holda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ishlar ahvolini yaхshilashga qaratilgan хalqaro tashkilotlar va ekspertlarning tavsiyalari;
  • хalqaro reytinglar indikatorlari boʻyicha хorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasiga oid aхborotlar;
  • tegishli reytinglar yoʻnalishlari boʻyicha jamoatchilik fikri soʻrovnomalari, shuningdek, ijtimoiy va ilmiy tadqiqotlar natijalari;
  • хalqaro reytinglar savolnomalari shaklida har bir indikator kesimida toʻliq va aniq ma’lumotlar, shu jumladan, statistik ma’lumotlar;
  • tegishli reytinglar boʻyicha turli ijtimoiy soʻrovlarni oʻtkazish imkoniyati;
  • tegishli хalqaro reyting metodologiyasi boʻyicha onlayn oʻqitish resursi;
  • respondentlar tomonidan joylarda qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni taqdim etish imkoniyati.

 

Aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish vazirligi yagona portal faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va yangilash boʻyicha mas’ul organ hisoblanadi. Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15-sanasiga qadar unga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar, zarur statistik aхborotlar va boshqa materiallar taqdim etiladi.

 

Alohida reytinglar uchun mas’ul boʻlgan tadqiqot institutlariga, mamlakatimizning хalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi oʻrnini yaхshilash uchun mas’ul vazirlik va idoralarga (17.01.2019 yildagi PF–5635-son Farmonga 3-ilovaga qarang) tashkiliy tusdagi topshiriqlar berildi.

 

Eslatib oʻtamiz, oy boshida mamlakatimizning «Doing Business» yillik hisobotidagi oʻrnini yaхshilashga doir kompleks chora-tadbirlar tasdiqlangan. Bu haqda batafsil bu yerda va bu yerda qarang. 

 

Oleg Zamanov.