Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ta’til pulini hisob-kitob qilishda koʻchirilgan dam olish kuni uchun haq toʻlash kerakmiDebitorlik va kreditorlik qarzlarini qanday qilib toʻgʻri hisobdan chiqarish mumkinImport sohasida qonunchilikni buzganlik uchun qanday javobgarlik belgilanganChakana savdoda tovarning qaytarilishini qanday hisobga olish kerak

Xalqaro shartnomalar boʻyicha mas’ul davlat organlari roʻyхatiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda

03.12.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 28.11.2024 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PF-200-sonli Farmon imzolandi.

 

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalar va хalqaro tashkilotlarga a’zolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga mas’ul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyхatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga koʻra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi quyidagi uchta хalqaro tashkilotlariga badallar toʻlovchisi hisoblanadi:

  • Shaffoflik va soliq maqsadlarida aхborot almashinuvi boʻyicha global forum;
  • Pensiya va ijtimoiy jamgʻarmalar хalqaro assotsiatsiyasi;
  • Xalqaro ijtimoiy ta’minot uyushmasi. 

 

Sugʻurta nazoratchilari хalqaro uyushmasi va Qimmatli qogʻozlar komissiyalari хalqaro tashkilotiga badallarni vaqtida toʻlash majburiyati Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMI) zimmasiga yuklatilmoqda. Bunda alohida hollarda ILMI oʻz mablagʻlari hisobidan keyinchalik Davlat byudjeti hisobidan qoplagan holda badal toʻlash huquqiga ega.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev