Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar boʻyicha sanitariya-epidemiologik хulosani qanday olish mumkin Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi summasidan ish haqi boʻyicha ortiqcha toʻlovni ushlab qolish mumkinmi Ish haqi oʻzgarganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini (kasallik ta’tilini) qanday qayta hisoblash kerak Bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardiBojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi

Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tashkil etildi

01.07.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 24.06.2024 yildagi “Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 350-son qarori qabul qilindi. 

 

Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Kolumbiya universitetining Ijtimoiy ish maktabi (AQSh) ta’sischiligida Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tashkil etilmoqda.

 

Markazning asosiy vazifalari:

  • ijtimoiy himoya va aholining ruhiy salomatligi sohasidagi muammolarni tadqiq etish hamda hal qilishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
  • ijtimoiy ish sohasida хalqaro standartlar talablariga mos keluvchi akademik tizimni joriy etish va mustahkamlash;
  • ijtimoiy himoya muammolarini hal etishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va ishga tushirish. 

 

Markaz faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun Kolumbiya universitetida tegishli boʻlim tashkil etiladi.

 

Bundan tashqari, “Aqlvoy” telekanaliga Agentlikning buyurtmasiga asosan efir vaqtining 7 foiz qismiga ijtimoiy roliklarni bepul joylashtirish vazifasi yuklatilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2024 yildan kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev