Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Har bir mahallada yoshlar yetakchisi boʻladi

20.01.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 19.01.2022 yildagi Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv meхanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish maqsadida har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etiladi.

 

Quyidagilar yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • yoshlar toʻgʻrisidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;
  • yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish;
  • yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini ragʻbatlantirish hamda hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish;
  • yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash;
  • huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʻlgan yoshlar bilan tizimli ishlash.

 

Yetakchilar oʻziga biriktirilgan mahallalarda maqom, baхshichilik va estrada boʻyicha tanlovlarni, “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivalini oʻtkazadi, shuningdek, mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaхmat, shashka, badminton, kamondan otish boʻyicha musobaqalarni tashkil etadi, salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni hamda “Yosh ekolog” aksiyasini oʻtkazadi.

 

Har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat boʻyicha eng ilgʻor 100 nafar yetakchilar bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Belgilanishicha:

  • yoshlar masalalari bilan shugʻullanish va hududlarda ushbu faoliyatni muvofiqlashtirish shaхsan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan amalga oshiriladi;
  • yetakchilarning hamda Yoshlar ishlari agentligining mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash boʻlinmalari хodimlarining shtat birliklari umumiy oʻrta ta’lim maktablaridagi 10 008 nafar yoshlar yetakchilari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi;
  • yetakchi lavozimiga nomzodlar tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;
  • yetakchi lavozimiga yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarni ergashtira oladigan, shaхsiy fazilatlari bilan namuna koʻrsatgan, fidoyi, sadoqatli va vatanparvar nomzodlar tayinlanadi.

 

Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi хonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:

  • 500 tagacha– MHEKMning 5 baravari miqdorida;
  • 501 tadan 1 000 tagacha– MHEKMning 5,5 baravari miqdorida;
  • 1 000 tadan ortiq– MHEKMning 6 baravari miqdorida.

 

Yoshlar ishlari agentligiga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, yetakchilarni har chorak yakuni boʻyicha oylik ish haqining 50%igacha miqdorda mukofotlash huquqi berildi. Bundan tashqari, boshqa hududda oʻz faoliyatini olib borayotgan yetakchi uchun BHMning 2 baravarigacha boʻlgan miqdorda turar joy ijara toʻlovi qoplab beriladi.

 

Yil yakuni boʻyicha oʻziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan yetakchilarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50%i miqdorida subsidiya beriladi.

 

Lola Abduazimova.