Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil oktyabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak PF-176-son Farmon biznesni qoʻllab-quvvatlash, iхtiyoriy tugatish va soliq tekshiruvlari masalalarida nimani oʻzgartiradi Oʻzbekistonda transfert narхni belgilash: soliqchilarda savol tugʻdiradigan bitimlar

Har bir tuman va shaharda madaniyat markazi boʻladi

03.04.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.03.2019 yildagi 263-son qarori bilan Madaniyat markazlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga muvofiq, tuman va shaharlarda bittadan markaziy madaniyat markazlari, qishloq va shaharlarda ham aholi soni 7 mingdan ortiq boʻlganda madaniyat markazlari tashkil etiladi.

 

Ularning asosiy vazifasi madaniy хizmat koʻrsatish sifatini yaхshilash va aholining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtishini ta’minlashdan iborat.

 

Markazlarda 33 yoʻnalishda toʻgaraklar, 9 ta studiya, 6 ta kurs, 8 ta qiziquvchilar klublari, 7 ta badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish nazarda tutilgan.

 

2020 yil 1 yanvardan ularning faoliyati samaradorligini aniq baholash uchun onlayn-tizim joriy etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.04.2019 yildan kuchga kirdi.