Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Har yili 50 tagacha oʻquv-uslubiy filmlar chiqariladi

17.01.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.01.2024  yildagi 24-son qarori bilan Ryespublika davlat ta’lim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga muvofiq ta’lim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlar mavzulari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, shuningdek Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

 

Har yili 30 yanvarga qadar tasdiqlangan tematik filmlar roʻyхati Kinematografiya agentligiga taqdim etiladi. Tegishincha, Agentlik har yili 50 tagacha film ishlab chiqaradi.

 

Bunda filmlar mavzulari oʻquvchi va talabalar oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan fanlar, mavzular (formulalar, teoremalar, qonunlar) asosida shakllantiriladi.

 

2024 yil 1 aprelga qadar oʻquv-uslubiy filmlar portali va ularni joylashtirish uchun mobil ilova yaratish rejalashtirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.01.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova