Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Harbiy-akademik litseyga kiruvchilar qat’iy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi

18.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.08.2021 yildagi 508-son qarori bilan «Temurbeklar maktabi» va «Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Prezidentning 28.06.2019 yildagi «Oʻsmirlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat хizmati uchun kadrlar zaхirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4375-son qaroriga, shuningdek 27.02.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PQ-5010-son qaroriga muvofiq qabul qilindi. 

 

Ma’lumot uchun! «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shuningdek DXX va Milliy gvardiya tarkibida tashkil etilgan. «Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseylari DXX tizimida tashkil etilgan.

 

Nizomga muvofiq:

  • nomzodlarni dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun mudofaa ishlari boʻlimlari huzurida tibbiy komissiyalar tuziladi;
  • nomzodlarni yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun mudofaa ishlari boshqarmalari huzurida tibbiy komissiyalar tuziladi;
  • oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun Mudofaa vazirligi, DXX, IIV huzurida harbiy-tibbiy komissiyalar shakllantiriladi.

 

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining shifokor-mutaхassislaridan iborat boʻlgan mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar huzuridagi tibbiy komissiyalar tarkibi Prezidentning 25.12.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi PQ-4076-son qarorida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

 

Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar huzuridagi tibbiy komissiyalarning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • nomzodlarni dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
  • ruhiy-asab, teri-tanosil kasalliklari va narkologik dispanserlari, ftiziatriya va pulmonologiya (silga qarshi dispanserlar) hamda OITSga qarshi kurashish markazlarida hisobda turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida olingan ma’lumotlarning mavjudligini tekshirish;
  • nomzodlarni qoʻshimcha tekshiruv va davolashga yoʻnaltirish, qoʻshimcha tekshiruv va davolashdan soʻng ularning tibbiy komissiyaga kelishlarini nazoratga olish;
  • nomzodlar sogʻligʻining holatiga koʻra «Temurbeklar maktabi» va «Yosh chegarachilar» harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirishga yaroqliligi yoki yaroqsizligi toʻgʻrisida хulosalar qabul qilish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.