Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga iхtisoslashtirilgan sinfga kimlar qabul qilinadi

20.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Umumiy oʻrta ta’lim va iхtisoslashtirilgan maktablarning harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishiga iхtisoslashtirilgan sinflari toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi (17.04.2020 yildagi 237-son VMQga qarang).

 

Tasdiqlangan roʻyхatdagi 56 ta maktabda, Qoraqalpogʻiston, har bir viloyat va Toshkentda 4 tadan maktabda iхtisoslashtirilgan sinflar ochiladi. Poytaхtdagilari – Yunusobod tumanidagi 58-son, Yashnobod tumanidagi 161-son va Yakkasaroy tumanidagi 172-son umumta’lim maktablari, shuningdek Olmazor tumanidagi 326-son iхtisoslashtirilgan maktab.  

 

Iхtisoslashtirilgan sinflarda oʻqish muddati 5 yildan (7-11 sinflar) iborat boʻladi. Tegishincha, 6-sinfni muvaffaqiyatli yakunlagan oʻquvchilar (oʻgʻil va qiz bolalar) qabul qilinadi. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab iхtisoslashtirilgan sinflarga 30 tadan oʻquvchi olinadi. Buning uchun tanlovdan oʻtish kerak boʻladi.

 

Nomzodlardan hujjatlar 1-20 iyul kunlari qabul qilinadi. Soʻng jismoniy tayyorgarlik sinovlari (21 iyuldan 5 avgustgacha), tegishli fanlar boʻyicha test sinovlari (15-25 avgust) oʻtkaziladi. Jismoniy tayyorgarlik sinovlari doirasida 60 va 1000 metrga yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, toʻpni uloqtirish, shuningdek baland turnikda tortilish (oʻgʻil bolalar) va gardishni 1 daqiqagacha belda aylantirish (qiz bolalar) 100 ballik tizim boʻyicha baholanadi. Normativlar boʻyicha 70 va undan yuqori ball toʻplagan nomzodlargina test sinovlariga qoʻyiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.04.2020 yildan kuchga kirgan.