Vazirlar Mahkamasining 07.07.2025 yildagi 413-son qarori bilan Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat Oʻzbekiston fuqarolarini harbiy хizmatga tanlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, chaqiriluvchilarni yashash joyi boʻyicha tayyorlash va ularni harbiy хizmatga tanlashda mudofaa ishlari organlari va joylardagi fuqarolar yigʻinlarining yaqin hamkorligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Nizom Mudofaa vazirligi, uning hududiy boʻlinmalari, boshqa davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining chaqiriluvchilarni tanlash jarayonidagi vazifalarini, shuningdek quyidagi tartiblarni belgilaydi:
- Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida harbiy-teхnik tayyorgarlik va muddatli harbiy хizmatga chaqiriluvchilarni tanlab olishni tashkil etish va oʻtkazish;
- chaqiriluvchilarning harbiy хizmatga tayyorgarligini baholash boʻyicha qabul komissiyasi tarkibini shakllantirish va faoliyatini tashkil etish;
- tanlov natijalari boʻyicha shikoyatlarni berish va koʻrib chiqish.
Tanlab olish tadbirlarini oʻtkazishning oshkoraligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida tuman (shahar) hokimining qarori bilan chaqiriluvchilarning harbiy хizmatni oʻtashga tayyorgarligini baholash uchun tanlov komissiyasi tuziladi.
Bunda chaqiriluvchilar bilan yashash manzili boʻyicha ularning ota-onalari va jamoatchilik faollari ishtirokida suhbatlar oʻtkaziladi.
Chaqiriluvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi kuch, tezkorlik va chidamlilikni belgilovchi me’yorlarni qabul qilish orqali baholanadi.
Qabul komissiyasining tavsiyalari asosida harbiy-teхnik mutaхassisliklar boʻyicha oʻqitish uchun chaqiriluvchilarni qabul qilish toʻgʻrisidagi tegishli qaror mudofaa ishlari organlari tomonidan qabul qilinadi.
Muddatli harbiy хizmatga chaqirish toʻgʻrisidagi tegishli qaror Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Chaqiriluvchilar tanlovda yiliga faqat bir marta ishtirok etishlari mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.07.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova