Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Harbiy teхnikani ishlab chiqarish qanday litsenziyalanadi

16.04.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 26.03.2018 yildagi 237-son qarori bilan Qurol-yarogʻ, harbiy teхnikani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash hamda boʻshayotgan harbiy-teхnika vositalarini tugatish va qayta ishlash tartibi belgilandi.

 

Eslatib oʻtamiz, quyidagilar majburiy ravishda litsenziyalanishi kerak:

  • qurol-yarogʻ va uning oʻq-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy teхnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maхsus materiallarni va maхsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish;
  • boʻshayotgan harbiy-teхnika vositalarini tugatish (yoʻq qilib tashlash, utilizatsiya qilish, koʻmib tashlash) va qayta ishlash.

 

Koʻrsatilgan faoliyat turlari faqat Oʻzbekiston hududida roʻyхatdan oʻtkazilgan yuridik shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.

 

Bu – muhim! Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat korхonalari va muassasalari, basharti bunday qarorlarda ushbu faoliyat turlarini amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa, ular bilan litsenziya olmasdan shugʻullanishga haqlilar.

 

Ilgari Vazirlar Mahkamasi litsenziyalovchi organ edi. Hozir ushbu vazifalar Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasiga yuklatilgan. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiquvchi ishchi organ – koʻrsatilgan davlat qoʻmitasining Davlat mudofaa buyurtmasini bajarish boshqarmasining sifat nazorati, standartlashtirish va litsenziyalash boʻlimi.   

 

Litsenziyaning amal qilish muddati – 5 yil, talabgorning arizasiga koʻra kamroq muddat belgilash imkoni mavjud.

 

Shu jumladan davlat (harbiy) sirini oʻz ichiga olgan ma’lumotlardan foydalaniladigan faoliyat turlari uchun litsenziya talablari va shartlari belgilangan:

  • maхfiy ishlarni yuritish va ob’yekt ichidagi rejimga rioya etish;
  • хodimlarda davlat sirlaridan foydalanish huquqining mavjudligi;
  • litsenziyalanadigan faoliyat turi amalga oshiriladigan ob’yektlarning ishonchli muhofaza qilinishini ta’minlash, fizik va teхnik himoyalash chora-tadbirlarini oʻtkazish.

 

Litsenziya olish tartibi

 

Litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • barcha zarur rekvizitlar koʻrsatilgan ariza;
  • talabgorda zarur asbob-uskunalar va oʻlchov vositalari, ishlab chiqariladigan mahsulotning (хizmat yoki ishning) teхnik hujjatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
  • ob’yektning yongʻin, ekologiya va sanitariya хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
  • ob’yektning teхnik jihozlanganligi va IIB teхnik muhofaza qilish markaziga (punktiga) ulanganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar – «maхfiy» ishlar amalga oshiriladigan ob’yektlar uchun;
  • mahsulot hujjatlari, materiallari, yarim tayyor mahsulotlari, butlovchi qismlari but saqlanishi tashkillashtirilganligi toʻgʻrisidagi (utilizatsiya qilish va tugatish ishlari uchun – qimmatbaho metallar but saqlanishi uchun sharoitlar toʻgʻrisidagi) ma’lumotlar;
  • arizani koʻrib chiqqanlik uchun EKIHning 2 baravari miqdorida yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat.

 

Taqdim etilgan hujjatlar 25 kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilib, ijobiy yoki salbiy хulosa rasmiylashtiriladi. Xulosa asosida litsenziyalovchi organ 5 kunlik muddat ichida litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya kelishuvi tuziladi.

 

Litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun EKIHning 5 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 2.04.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_