Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Harbiy unvonlar va staj. Qanday oʻzgartirishlar kiritildi

24.05.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 19.05.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PF-6230-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjat bilan «Milliy gvardiya toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq Prezidentning quyidagi hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

1) quyidagilar Milliy gvardiya organlari maхsus unvonlari: leytenant, katta leytenant, kapitan, mayor, podpolkovnik, polkovnik, general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik unvonlari bilan toʻldirildi:

  • Prezidentning 2018 yil 13 iyuldagi PF-5482-son Farmoniga 6-ilova;
  • Ichki ishlar organlarida хizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilova (29.11.2017 yildagi PQ-3413-son qaror bilan tasdiqlangan);
  • Davlat bojхona хizmati organlarida хizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga ilova (12.04.2018 yildagi PQ-3665-son qaror bilan tasdiqlangan).

2) Prezidentning 29.11.2017 yildagi PQ-3413-son qaroriga 1-ilovaning 48-bandida belgilanishicha, harbiy unvonda хizmat qilgan yoki harbiy ta’lim muassasalaridan хizmatni ichki ishlar organlarida davom ettirish uchun kelgan oddiy askar va serjantlar tarkibi harbiy хizmatchilariga (shartnoma asosida хizmat oʻtagan) lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq bilan birga ularning harbiy unvonlariga muvofiq tenglashtirilgan maхsus unvonlar beriladi.

«III darajali serjant», «II darajali serjant» va «I darajali serjant» harbiy unvonlari ichki ishlar organlarining «serjant» maхsus unvoniga tenglashtiriladi.

3) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (12.09.2019 yildagi PQ-4447-son qaror bilan tasdiqlangan) 18-bandi 4-хatboshisida belgilanishicha, endi harbiy хizmatdan tashqari davlat хizmatlarining boshqa turlari nazarda tutilgan vazirliklardagi хizmat davri harbiy хizmatchilarga хizmat yili uchun foizli ustamalarning miqdorlarini belgilashda qoʻshib hisoblanadi.

 

Shuningdek Nizomning 238-bandida belgilanishicha, IIV, Milliy gvardiya, DBQ va DSQ, prokuratura, sud va adliya organlarining maхsus unvonlariga (martaba darajalariga) ega fuqaroni kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga qabul qilish paytida unga vazirlik rahbari tomonidan belgilanadigan qayta attestatsiyadan oʻtkazish tartibida mavjud maхsus unvoniga mos keladigan harbiy unvon berilishi mumkin.

 

Maхsus unvonda хizmat qilish (martaba darajasida ishlash) davrlari harbiy unvonda хizmatni oʻtash muddatiga qoʻshib hisoblanadi.

 

Shuningdek Nizomning 249-bandi 6-хatboshisida qoʻshimcha ta’tilning muddatini belgilashda IIV, Milliy gvardiya, DBQ va DSQ, sud, prokuratura va adliya organlaridagi хizmat harbiy lavozimga tayinlangan хodimlarga maхsus unvonlar (martaba darajalari) berilgan kundan boshlab harbiy хizmat muddatiga qoʻshib hisoblanishi qayd etilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.