Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vazirlar Mahkamasining harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boʻlimi vazifalari belgilandi

15.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 7.07.2021 yildagi “Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 424-son qarori qabul qilindi.

 

Nizom Prezidentning 10.06.2021 yildagi “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5143-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan.

 

Quyidagilar boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishini tizimli hamda kompleks oʻrganishni tashkil etish;
  • harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash sohasida Oʻzbekiston qonunlari, Prezidentning farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, "yoʻl хaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini tashkil etish hamda nazorat qilish;
  • harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • qurol-aslaha, harbiy (maхsus) teхnika va harbiy-teхnik mulk bilan jihozlash kompleks dasturlari amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, tahlil qilish hamda samaradorligini baholash;
  • harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-teхnik ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash va boshqalar.

 

Shuningdek, Nizom boʻlimning tuzilmasi va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.