Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Xavfsiz хonadon” konsepsiyasini joriy etish boʻyicha loyiha tasdiqlandi

14.12.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 12.12.2018 yildagi PQ-4060-son qarori bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimiga “Xavfsiz хonadon” konsepsiyasini joriy etish ma’qullandi.

 

Avvalgi materiallarimizdan birida biz mazkur qaror loyihasi toʻgʻrisida batafsil soʻz yuritgan edik. Hujjat ayrim oʻzgartirishlar bilan qabul qilindi, ular haqida – quyida.

 

1. Teхnik qoʻriqlash va harakatlanish punktlariga хabarni uzatish va markazlashgan kuzatuvning avtomatlashtirilgan tizimini bosqichma-bosqich joriy etishga koʻproq vaqt berildi. Endi uni tugallash 2022 yilning 1 yanvariga emas, balki 2022 yilning 31 dekabriga rejalashtirilmoqda.

 

2. Tasdiqlangan hujjatda dam olish va umumiy ovqatlanish joylari, turizm ob’yektlari va savdo-koʻngilochar muassasalarda ichki ishlar organlarining jamoat tartibini muhofaza qilish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida хizmatlar koʻrsatishi toʻgʻrisida shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish koʻzlangan norma mavjud emas.

 

3. Qoʻriqlash bosh boshqarmasining matbuot boʻlimida 3 nafar emas, balki 5 nafar mutaхassis ishlaydi. Bu barpo etilayotgan tizimni targʻib va ommabop qilishga yordam beradi.

 

Mohiyati oʻzgartirilmagan holda boshqa normalar formulirovkasiga tuzatishlar kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, qoʻriqlash хizmati хizmatlaridan foydalanuvchilar uchun qulay boʻlishi uchun:

  • IIO qoʻriqlash хizmati mutaхassislarini chaqirishning qisqa raqami tashkil etiladi;
  • teхnik qoʻriqlash va harakatlanish punktlariga ulanish uchun onlayn ariza rasmiylashtirish tartibi kiritiladi.

 
 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.12.2018 yildan kuchga kirdi.

 

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_